Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Mahrez uchun eng ideal jamoa qaysi?

Mahrez uchun eng ideal jamoa qaysi?

Baho:
+ | -

2016 yilgi Angliya Premyer Ligasining eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgan Riyoz Mahrez “Lester”dan ketish istagini bildirdi.

France Football nashri futbolchi uchun ideal bo‘lgan jamoalarni tuzib chiqdi. Demak jazoyirlik futbolchi faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan klublar quyidagicha:

«Arsenal»

Angliya Kubogini arang yutib obro‘sini saqlab qolgan Arsen Venger yozgi transfer mavsumida jamoasini kuchaytirishi turgan gap. Mahrez esa londonliklar safiga kelib qo‘shilishi mumkin. Boisi, fransiyalik murabbiy u haqida iliq fikrlarini bildirib o‘tgan : « Men bu futbolchini yoqtiraman. « Lester » chempion bo‘lgan yili u muhim vazifani o‘ynagan edi. Bu mavsum ular uchun qiyin kechdi, biroq bu holat uning qobiliyatiga zarracha ta’sir qilmaydi. » Jazoyirlik futbolchi uchun jamoa rasmiy tarzda chiqqani yo‘q. Ammo o‘ng qanot hujumkor yarim himoyachi « to‘pchilar » uchun juda mos tushadi. Kamiga, Mahrez Angliyada qolishni istashini ham aytib o‘tdi. Faqatgina yagona muammo « Arsenal » keyingi mavsumda Chempionlar Ligasida emas, Yevropa Ligasida ishtirok etadi. Bu futbolchining so‘nggi qaroriga ta’sir qilishi mumkin.

«Tottenhem»

Premyer Ligani 2-o‘rinda yakunlagan « Tottenxem » Mahrezni o‘z safida ko‘rishni istamoqda. Buning uchun « Lester » hisobiga 30-40 million yevro to‘lashni ham rejalashtirgan. Biroq, Mahrezning pozisiyasida “taqachilar” safida bir qator iqtidorli futbolchilar to‘plangan. Alli, Eriksen, Son, Lamela kabi futbolchilarga raqobatchilik qilish biroz qiyin masala.

«Borussiya Dortmund»

Nemis jamoasi ham Mahrez uchun qiziq variant bo‘lishi mumkin. “Borussiya” Marko Roysning jiddiy jarohat olib kamida 6 oyga maydondan tashqarida qolishini hisobga olib kuchli futbolchilarni qidirmoqda. Mavsum kashfiyoti bo‘lgan Usmon Dembeleni esa oxirgi paytlarda “Barselona” bilan bog‘lashmoqda. Tezkor, texnikasi yuqori bo‘lgan Mahrez “Borussiya” istagan futbolchi bo‘lishga imkoniyati yetarli. Biroq, uning nemis jamoasiga o‘tishi Obameyangning ketishiga bog‘liq. Boisi, dortmundliklar katta transferlarni amalga oshiradigan byudjetga ega emas.

«Milan» va «Inter»

Yirik sarmoyadorlar tomonidan sotib olingan ikki klub porloq o‘tmishini qaytarishni istaydi. Buning uchun yirik transferlarni amalga oshirishlariga to‘g‘ri keladi. « Inter »ning xitoylik investorlari bu ishni boshlab yubordi. O‘tgan mavsumda jamoaga Kandreva, Joao Mariu va Gabriel Barbosalar olib kelingandi. Shunga qaramay, klub chempionatni 7-o‘rinda yakunladi. « Milan » ham arang Yevropa Ligasiga ilinib qoldi. Mavsum yakunida yangi investorlarga ega bo‘lgan « Milan » yozgi transfer bozorida ancha faol bo‘lishi kafolatlangan. Mahrez esa bu ikki jamoani kuchaytira olishi mumkin.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 17:43, 09.06.2017.
O'qildi: 7425 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик