Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

FA jurnalist ayolga do‘q qilgan Moyesni jarimaga tortdi

FA jurnalist ayolga do‘q qilgan Moyesni jarimaga tortdi

Baho:
+ | -

Angliya futbol assosiasiyasi (FA) «Sanderlend»ning sobiq bosh murabbiyi Devid Moyesni 30 ming funt jarimaga tortdi.

FA shotlandiyalik 54 yoshli mutaxassisni ahloq me’yorlarini qo‘pol buzganlikda aybladi.

Eslatib o‘tamiz, Devid Moyes VVS jurnalisti Viki Sparksga nisbatan qo‘pollik qilgan edi. Jurnalist ayol APL 29-turidan o‘rin olgan «Byornli»ga (0:0) qarshi o‘yindan so‘ng murabbiyni noqulay ahvolga solgan. Xususan u, «Sanderlend» xo‘jayini Ellis Shortning stadionga tashrif buyurishi Moyesning kelajagini so‘roq ostiga qo‘yadimi, degan savol bilan murojaat qilgan.

Moyes matbuot-anjumanidan keyin Sparks yoniga kelib: «Bu juda qo‘pol gap bo‘ldi, o‘zingga ehtiyot bo‘l. Ayol kishi bo‘lishingga ham qarab turmayman, tarsaki yeb qolishing mumkin. Keyingi safar savol berayotganingda o‘ylab gapir» - degan. Sparks murabbiyning bu gaplarini bildirmasdan yozib olishga muvaffaq bo‘lgan, ammo uning ustidan hech qayerga shikoyat qilmagan. Ammo voqeadan xabar topgan VVS rahbari Moyesga qo‘ng‘iroq qilib, uni muxbirni qo‘rqitishda ayblagan va sudga murojaat qilishini aytgan. Keyinroq Moyes ayolga qo‘ng‘iroq qilib, kechirim so‘ragan. Sparks ham, VVS ham murabbiyning uzrini qabul qilgan.

Ammo bu voqea matbuotda oshkor bo‘lib ketgach, FA mutaxassis ustidan ish ochishga qaror qilgan edi.

Ayni paytda Moyes «Sanderlend» bosh murabbiyligidan ketgan.

Manba: sport-express.ru
Kiritildi: 17:47, 09.06.2017.
O'qildi: 3259 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик