Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Karlush Keyrush: "O‘zbekiston guruhimizdagi eng yaxshi jamoalardan biri"

Karlush Keyrush: "O‘zbekiston guruhimizdagi eng yaxshi jamoalardan biri"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi ertaga, 12 iyun kuni JCH–2018 saralash bosqichi 8-turida Eron futbolchilariga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuvdan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida Eron ustozi Karlush Keyrush o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Atrofimizdagi odamlar Jahon chempionati nima ekani haqida noto‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lmoqda. Ularning fikricha JCH bu Rossiyaga borib ishtirok etish. Yo‘q, unday emas, avval aytganimdek, oldingi o‘yinlar, ertangi va bo‘lajak bahslar – bularning barchasi Jahon chempionatiga teng. Ertaga O‘zbekistonga qarshi maydonga chiqamiz. Bu bizning qiyin raqiblarimizdan biri. Nima bo‘lganda ham, ertaga bor kuchimizni ko‘rsatamiz va maqsadimizga erishishga harakat qilamiz.

O‘zbekiston mazkur guruhdagi eng yaxshi jamoalarda biri. Ularga qarshi har qaysi o‘yin doim qiyin kechgan. Salohiyali futbolchilar, tashkiliy o‘yin, murabbiylar taktikasi – O‘zbekiston aynan shular bilan ajralib turadi. Futbolchilarim ertangi o‘yinga tayyor, ular bu bellashuvni intizorlik bilan kutdi. Bundan tashqari biz o‘z maydonimizda o‘ynaymiz. “Ozodi” stadioni doimo biz uchun 12-o‘yinchi bo‘lgan va umid qilamanki, bu an’ana ertaga ham davom etadi.

Kuchli raqibga qarshi o‘yinda aynan muxlislar bizga ko‘mak beradi. Bo‘lajak o‘yinning barcha 90 daqiqasida bor kuchimiz bilan harakat qilishimiz, xushyorlikni yo‘qotmasligimiz talab etiladi. Maydondagi eng yaxshi o‘yinchi – bu “Ozodi”ga keladigan muxlislar. Ishonchi komil, yuqorida ta’kidlangan barcha omillar bizga muvaffaqiyat keltiradi.

Futbolda hech narsa osonlikcha kelmaydi, barchasi mehnatni talab qiladi. Guruhda birinchi o‘rinda ketayotgan bo‘lsak ham, har bir o‘yinga xuddi u oxirgisidek maydonga tushamiz. O‘zbekiston bilan bo‘ladigan o‘yin ham bundan mustasno emas. Raqibni hurmat qilgan holda g‘alaba sari intilamiz”, – dedi Karlush Keyrush.

Eslatib o‘tamiz, Eron – O‘zbekiston uchrashuvi ertaga, 12 iyun kuni Tehron shahridagi “Ozodi” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 21:45 da boshlanadi. 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 21:18, 11.06.2017.
O'qildi: 7699 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик