Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/06 01:00 Kyurasao 0-2 Kot-d'Ivuar
26/06 01:00 Ekvador 2-1 Germaniya
26/06 04:00 Yaponiya 1-1 Shvesiya
26/06 04:00 Tunis 1-3 Niderlandiya
26/06 07:00 Turkiya 3-2 AQSh
26/06 07:00 Paragvay 0-0 Avstraliya
26/06 23:59 Norvegiya - Fransiya
26/06 23:59 Senegal - Iroq
27/06 05:00 Urugvay - Ispaniya
27/06 05:00 Kabo-Verde - Saudiya Arabistoni
27/06 08:00 Misr - Eron
27/06 08:00 Yangi Zelandiya - Belgiya
28/06 02:00 Panama - Angliya
28/06 02:00 Xorvatiya - Gana
28/06 04:30 Kongo DR - O‘zbekiston
28/06 04:30 Kolumbiya - Portugaliya
28/06 08:00 Jazoir - Avstriya
28/06 08:00 Iordaniya - Argentina

JCH-2018 saralash. Bugun Eron-O‘zbekiston bahsi bo‘ladi

JCH-2018 saralash. Bugun Eron-O‘zbekiston bahsi bo‘ladi

Baho:
+ | -

Asta-sekinlik bilan Eron - O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tadigan kunga ham yetib keldik. Bu har ikkala terma jamoa uchun juda muhim ahamiyatga ega.

ERON
Hozirda 17 ochko "A" guruhida peshqadam bo‘lib turgan Eron terma jamoasi bugun g‘alaba qozonsa, muddatidan avval JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Shu bois, Keyrush shogirdlari O‘zbekistonga qarshi uchrashuvga bor kuchlarini berishlari tayin.

O‘ZBEKISTON
Terma jamoamiz bugungi bahsda mag‘lubiyatga uchrasa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri JCH yo‘llanmasi uchun kurashish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi mumkin (deyarli). O‘zbekiston bunday imkoniyatni saqlab qolishi uchun ham bugun g‘alaba qozonishi shart. Boz ustiga, bugun ochko yo‘qotsak, Suriya bizga yaqinlashib olishi va 3-o‘rin uchun kurashda terma jamoamizga xavf solishi mumkin.

Ikkinchidan, Eronga muddatidan oldin JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyatini bermaslik kerak. Shunda forslar navbatdagi turda Janubiy Koreya maydoniga faqat g‘alaba maqsadida tashrif buyuradi. Bu esa biz uchun ayni muddao. Koreyaliklarning ochko yo‘qotishi biz uchun juda kerak.

UMID
Keling, yaxshi niyat qilaylik, O‘zbekiston terma jamoasi bugun Eronni mag‘lub etadiyu, ertaga Koreya Dohada Qatarga imkoniyatni boy beradi. Shunda, so‘nggi 2ta turda o‘zimizga kerakli natijalarni qayd etib, Rossiya-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritamiz. Nasib qilsa, shunday bo‘lajak!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:40, 12.06.2017.
O'qildi: 6890 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик