Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Nissa 1-0 Gavr
11/05 00:00 Brest 1-1 Reyms
11/05 00:00 Alaves 2-2 Jirona
11/05 16:30 Fulhem 0-4 Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka 1-0 Las-Palmas
11/05 19:00 Olimpik 1-2 Paxtakor
11/05 19:00 Metallurg 0-0 Qizilqum
11/05 19:00 Vulverhempton 1-3 Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut 1-2 Brentford
11/05 19:00 Everton 1-0 Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl 1-1 Brayton
11/05 19:00 Tottenhem 2-1 Byornli
11/05 19:00 Vest Xem 3-1 Luton
11/05 19:15 Vilyarreal 3-2 Sevilya
11/05 21:00 Napoli 0-2 Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest 2-3 Chelsi
11/05 21:30 Granada 0-4 Real Madrid
11/05 23:45 Milan 5-1 Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio - Empoli
12/05 17:00 Kadis - Xetafe
12/05 18:00 Jenoa - Sassuolo
12/05 18:00 Verona - Torino
12/05 19:15 Atletiko - Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted - Arsenal
12/05 21:00 Yuventus - Salernitana
12/05 21:30 Valensiya - Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta - Roma
13/05 00:00 Strasbur - Mets
13/05 00:00 Klermon - Lion
13/05 00:00 Nant - Lill
13/05 00:00 Monpelye - Monako
13/05 00:00 PSJ - Tuluza
13/05 00:00 Renn - Lans
13/05 00:00 Marsel - Loryan
13/05 00:00 Betis - Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad

Gvardiola nega yoshlarga imkon bermayapti?

Gvardiola nega yoshlarga imkon bermayapti?

Baho:
+ | -

O‘zi faoliyat yuritgan klublarda yoshlarni asosiy tarkibga jalb qilishi bilan ham tanilgan Xosep Gvardiola “Manchester Siti”da bu borada maqtana olmaydi. Goal nashri jurnalisti Aksel Allag buning sabablarini qidirib ko‘rdi.

Buskets, Pedro, Tiago Alkantara, Koman yoki Kimmix. Bu futbolchilarning barchasi Pep Gvardiola qo‘li ostida o‘z omadlarini sinab ko‘rgan. Ro‘yxatni esa yana davom ettirish mumkin. Darhaqiqat Sanpedrolik murabbiy ko‘plab yosh iqtidor egalariga imkoniyat bergan.

Gvardiola o‘z shogirdlarining rivojlanishini qo‘llab-quvvatlagan. O‘z metodlaridan kelib chiqqan holda va shogirdining salohiyatini tushungan holda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata oladi. “Bavariya” va “Barselona”da ham bir qancha yosh iqtidor egalarini dunyo yulduzlariga aylantira oldi. “Murabbiy qisqa, o‘rta va uzun muddatni hisoblashi kerak. Biz uzoq muddatni o‘ylagan holda transferlarni amalga oshirayapmiz. Shuning uchun jamoamizga Sane, Sterling va Jezuslar olib kelindi. Ularning barchasi 20 yoshlar atrofida. Biz 28 yoshli futbolchini ham sotib olishimiz mumkin, biroq u nari borsa 3-4 yil yuqori saviyada o‘ynay olishi mumkin. Biz kelajak avlodni yetishtirmoqdamiz”, deya tushuntirib bergan edi « shaharliklar » ustozi.

Barchasiga Angliyadagi tizim sababchimi?

«Manchester Siti »dagi birinchi mavsumini tugatgan Gvardiola hozircha yoshlarni asosiy jamoaga o‘tkazish ishlarida sustkashlikka yo‘l qo‘ymoqda. Kalechi Iheanacho bu mavsumda Premer Ligada atigi besh bora maydonga tushgan bo‘lsa, yarim himoyachi Alesh Garsiya esa bir marta bunday imkoniyatga sazovor bo‘ldi. Tosin Adarabioyo Chempionlar Ligasida bir marta, 19 yoshli qanot himoyachisi Pablo Maffeo Angliya Liga Kubogi va Chempionlar Ligasida 3 ta o‘yinda maydonga tushdi. Yanvar oyida esa himoyachi « Jirona »ga ijaraga berib yuborildi. 21 may kuni «Uotford»ga qarshi kechgan uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida Gvardiola yoshlarning asosiy jamoadagi imkoniyatlari haqidagi savolga Angliyadagi tizimni sababchi qilib ko‘rsatdi : « Ular judayam yaxshi futbolchilar. Murabbiylarning oldidagi yagona muammo asosiy tarkib va yoshlar ishtirok etayotgan liga orasidagi farq, boisi jamoaning asosiy tarkibi va yoshlar bir-biriga raqobat qila olishlari kerak. Ispaniyada, « Barselona » yoki « Real » bo‘lsin, yoshlar jamoasi har dam olish kunlari 40 000 muxlis oldida o‘ynaydi. Italiya yoki Germaniyada esa yanada qiyin. Sababi u yerda yoshlar 28, 29, hatto 30 yoshli futbolchilarga qarshi o‘ynaydi. Bu rivojlanishning eng yaxshi yo‘li, sababi professional futbolchilarga qarshi mahoratlarini toblab olishlariga ehtiyoj qolmaydi. Bu yerda (Angliyada) yoshlar iqtidorli bo‘lishlariga qaramasdan, raqobatchilik qilolmaydi, o‘yin amaliyoti yuqori emas. Lekin, « Old Trafford » yoki « Stamford Bridge »da o‘ynashlariga to‘g‘ri keladi. Men ularning bir-birlari bilan qanday raqobatchilik qilishlari mumkinligini bilmayapman. Biz bunga qarshi choralar ko‘rishimiz kerak.”

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 23:21, 12.06.2017.
O'qildi: 6289 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.