Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Samvel Babayan: Jahon chempionatiga chiqish uchun imkoniyat saqlanib qoldi

Samvel Babayan: Jahon chempionatiga chiqish uchun imkoniyat saqlanib qoldi

Baho:
+ | -

Osiyo mintaqasidan JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turidan o‘rin olgan Eron – O‘zbekiston (2:0) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida Samvel Babayan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Birinchi navbatda Eron terma jamoasini Rossiya bo‘lib o‘tadigan JCH–2018 turniriga chiqqani bilan tabriklayman. Ular haqli ravishda mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritganini tan olish kerak. O‘zbekistonda JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun hamon imkoniyat saqlanib qoldi.

Mazkur o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida ko‘plab yo‘qotishlarga duch keldik va bugungi o‘yin boshida yo‘qotishlar yana bittaga ko‘paydi. Bu uchrashuvdagi rejamizga o‘z ta’sirini o‘tkazdi va kutilgan o‘yinni ko‘rsata olmadik. Stanislav Andreevning jarohat olib, maydonni tark etishi va majburiy o‘zgartirish amalga oshirganimiz sababli o‘ylangan rejaga ko‘ra Server Jeparov bugun maydonga tusha olmadi.

Yuqorida ta’kidlaganimdek, Jahon chempionatiga chiqish uchun imkoniyat saqlanib qoldi. Qolgan ikki o‘yinda sifatli o‘yin ko‘rsatib, bor kuchimizga ishga solgan holda g‘alaba qozonishimiz va oldinga intilishimiz kerak”, – dedi Samvel Babayan.

Ma’lumot uchun, 8-turdagi g‘alabadan keyin Eron terma jamoasi ochkolari sonini 20 taga yetkazib, muddatidan avval Rossiyadagi mundialga yo‘llanma oldi. O‘zbekiston 12 ochko bilan “A” guruhida uchinchi o‘rinda bormoqda.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 00:33, 13.06.2017.
O'qildi: 40395 marta.
Fikrlar: 118 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.