Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Oliy liga. "Olmaliq" - "Paxtakor" - o‘yini raqamlari va ma’lumotlari

Oliy liga. "Olmaliq" - "Paxtakor" - o‘yini raqamlari va ma’lumotlari

Baho:
+ | -

15 iyun kuni Oliy liga 13-tur doirasida "Paxtakor" "Olmaliq" mehmoni bo‘ladi.

Viktor Kumikov boshchiligidagi "Olmaliq" oxirgi 8 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchramasdan kelmoqda. Jamoa o‘z maydonida 5 bellashuvda to‘p o‘tkazib yubormadi. Oxirgi sakkiz o‘yinda faqat bir marta olmaliqliklar darvozasi ishg‘ol qilingan. Ketma-ket 4 jamoa darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. 

"Paxtakor"ning terma jamoaga chaqirilgan o‘yinchilari 13 iyundan tarkibga qaytib, uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rayotganlar safiga qo‘shilishadi. Bellashuvni Azim Ahmedov o‘tkazib yuborsa, mezbonlardan legioner himoyachi Vladislav Kasminin maydonga tusha olmaydi. Har ikki futbolchi diskvalifikasiyaga uchragan.

Oliy liga tarixida jamoalar 18 uchrashuvda to‘qnash kelishgan. "Paxtakor" 13 o‘yinda g‘alabaga erishgan. 2 o‘yin durang bilan tugagan va raqib 3 bor muvaffaqiyat qozongan. "Olmaliq" darvozasiga 28 gol urgan "sherlar" 10 to‘p o‘tkazib yuborishgan. Olmaliqda kechgan bellashuvlarda jamoamiz 7 g‘alaba va 2 mag‘lubiyatni qayd etgan.

Bellashuvda Viktor Serazetdinov boshliq hakamlar guruhi ishlaydi. Joriy mavsum u Muborakda "Mash’al"ga qarshi uchrashuvni boshqargan va o‘shanda "Paxtakor" 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Ma’mur Saidqosimov va Ravil Shoyaxmetov yordamchi hakamlar vazifasini bajarishadi.

Yoshlar tarkiblari uchrashuvi 14 iyun, "Metallurg" stadionida 17:45da boshlanadi. Asosiy jamoalar o‘yini 15 iyun kuni OKMK stadionida 19:00da start oladi.

"OLMALIQ" - "PAXTAKOR"
Hakamlar: Viktor Serazetdinov (Toshkent), Ma’mur Saidqosimov (Toshkent), Ravil Shoyaxmetov (Toshkent), Akobir Shukurullayev (Toshkent).
Nazoratchi: Marat Ismoilov (Toshkent).
PFL vakili: Vladimir Shtern.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 11:03, 13.06.2017.
O'qildi: 3219 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик