Eronga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda hammasi ortiqcha bo‘ldi. Bu o‘yin orqali shunga amin bo‘ldikki, futbolimizda hech qanday ijobiy o‘zgarish bo‘lmaydi toki kerakli islohotlar qilinmagunicha. Toki kerakli insonlar bo‘shatilib, o‘rniga ishi, vazifasi nimaligini biladigan, vazifasiga mas’uliyat bilan yondashadigan va TERMA JAMOAMIZNING JAHON CHEMPIONATIGA CHIQISHINI ASOSIY MAQSAD DEB BILADIGAN mutaxassislar kelmagunicha. Ungacha biz o‘tiraveramiz yutqazib.
Shaxsan men darvoza chizig‘ida Lobanovning o‘rnini boshqa birov egallashiga ishonmayman toki boshqa murabbiy terma jamoa jilovini qo‘liga olmaguncha. Chunki Babayan kecha Eronga qarshi bo‘lib o‘tgan juda-juda muhim uchrashuvda semirib ketgan Lobanovni asosiy tarkibda maydonga tushirdi. Vaholanki, Ignatiy Nesterov, Murod Zuxurovlar bor edi zaxirada chaqqon, semirmagan, ajoyib harakat qila oladigan. Bu shuni anglatadiki, murabbiylarimiz terma jamoamizning jahon chempionatiga chiqishiga tupurib qo‘ygan. Ular futbolchilarimizning g‘alaba qozonishidan emas, xo‘ppa semiz Lobanovning asosiy tarkibda maydonga tushishishidan rohat olishadi, buning sababi nima, bilmadim.
Qolaversa, Igor Sergeevning o‘rniga ham tajribaliroq hujumchi chaqirilishiga ko‘zim yetmaydi toki boshqa murabbiy kelmaguncha. Biz qancha tanqid qilmaylik, qancha ta’kidlamaylik, baribir, Samvel Babayan Igor Sergeevni zaxiraga mixlatmaydi, u doim asosiyda o‘ynayveradi. Menimcha, o‘rtada sizu bizga ma’lum bo‘lmagan qandaydir kelishuv borga o‘xshaydi.
Bundan tashqari, meni yana bir jihat, Stanislav Andreevning o‘rni bilinadigan himoyachiga aylangani hayratlantiryapti.