Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

«Sport-TV» Suriya — Xitoy va Qatar — Janubiy Koreya o‘yinlarini jonli ko‘rsatadi

«Sport-TV» Suriya — Xitoy va Qatar — Janubiy Koreya o‘yinlarini jonli ko‘rsatadi

Baho:
+ | -

MTRKning «Sport» telekanali JCH—2018 saralash bosqichida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olgan jamoalar ishtirokidagi o‘yinlarni ham jonli namoyish qiladi.

13 iyun, seshanba kungi telekanal dasturlaridan Eron — O‘zbekiston o‘yini takrori ham joy olgan. O‘zbekiston termasi qanday qilib mag‘lub bo‘ldi degan savolga javob topishni istovchilar 13:10 dan boshlab beriladigan translyasiyani ko‘rishi mumkin.

16:55 dan boshlab «Sport» saralashning «B» guruhiga yuzlanadi va Tailand — BAA uchrashuvini jonli namoyish qiladi. 6 iyun kuni Toshkentda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan tailandlik futbolchilar, yangi bosh murabbiyga ega bo‘lgan Amirlik termasiga qarshi o‘yinda birinchi g‘alabasi uchun kurashib ko‘radi.

18:40 dan boshlab Suriya hamda Xitoy termalarining o‘yiniga o‘tiladi. Malayziyadagi uchrashuv o‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun ahamiyatli. Boisi Suriya ham, Xitoy ham pley-offga yo‘llanma beruvchi 3-o‘rin uchun kurash olib bormoqda.

Va nihoyat 23:55 dan boshlab Qatar — Janubiy Koreya o‘yini start oladi. O‘zbekiston Tehronda mag‘lub bo‘lgani inobatga olinsa, bugun o‘zbekistonliklar Qatarga muxlislik qilishi katta ehtimol. Ramazon oyi, shuningdek, yozning jazirama kuni inobatga olinib, uchrashuv anchagina kech boshlanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:39, 13.06.2017.
O'qildi: 8431 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.