Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Oliy liga. "Navbahor" - "So‘g‘diyona" (prevyu)

Oliy liga. "Navbahor" - "So‘g‘diyona" (prevyu)

Baho:
+-1 | -

Bugun «Navbahor» Jizzaxda «So‘g‘diyona» jamoasi mehmoni bo‘ladi.

«So‘g‘diyona» o‘yingohida soat 19.00da boshlanadigan uchrashuvga har ikki jamoa a’zolari ham munosib tarzda tayyorgarlik ko‘rishga harakat qilishdi. «Navbahor» o‘yinga hozirlikni Namanganda olib bordi. Milliy terma Navbahorning JCH-2018 saralash turniridagi ishtiroki sababli oliy ligada kichik tanaffus yuzaga kelganligidan xabaringiz bor. Har ikki jamoa murabbiylari o‘yin amaliyotini ta’minlash maqsadida o‘tgan haftada nazorat o‘yinlarini o‘tkazishdi. «So‘g‘diyona» 9 iyun kuni Samarqandda «Dinamo» mehmoni bo‘lib, 0:0 hisobini qayd etdi. «Navbahor» esa 10 iyun kuni «Xotira-79» jamoasi bilan kuch sinashishi kerak edi. Lekin, uychiliklar so‘nggi pallada rad javobini berishgach, asosiy tarkibga ko‘proq zaxirada qolayotgan va yoshlardan iborat tarkib raqiblik qildi va yakunda 2:2 hisobi kuzatildi.

Navbahor a’zolari 13 iyun kuni ertalab Namangandan Jizzax sari yo‘lga tushishgandi. Kunning ikkinchi yarmida Jizzaxga yetib kelgan Navbahor a’zolari yo‘l charchoqlarini chiqarib bo‘lishgach,

«So‘g‘diyona» o‘yingohida so‘nggi mashg‘ulotni o‘tkazishga ham ulgurishdi.
"Navbahor" va "So‘g‘diyona" jamoalari O‘zbekiston chempionatlarining oliy ligasida o‘zaro 42 bor uchrashishgan. Navbahor 21 bor g‘alaba nashidasini surgan. Jizzaxliklar hisobidagi yutuqlar soni 15 tani tashkil etmoqda. Tomonlar oltita o‘yinda durang qayd etishgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 74-50, "Navbahor" foydasiga. 2016 yilgi mavsumning dastlabki Namanganda o‘tgan bahsida hisob ochilmagandi. Ikkinchi davrada Jizzaxda o‘tgan bahsda «So‘g‘diyona» 2:1 natija bilan g‘alaba qozongan.

Jamoalar o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvlardagi eng yirik hisob 1996 yili qayd etilgan. O‘shanda futbolchilarimiz Namanganda jizzaxliklar darvozasiga yettita javobsiz to‘p kiritishgandi. Sermahsullik borasida esa 2000 va 2014 yilgi uchrashuvlar tarixda qolgan. E’tiborlisi o‘yinlarda darvozalarga to‘qqiztadan gol urilgan. 2000 yili Namanganda o‘tgan uchrashuvda 6:3 hisobi kuzatilgan bo‘lsa 2014 yili Jizzaxda «Navbahor»dan 5:4 hisobida ustun kelgandi. "So‘g‘diyona" maydonida Navbahor so‘nggi bor 2006 yilda g‘alaba qozongan. Shundan buyon jizzaxliklar maydonida "Navbahor" yetti bor o‘yin o‘tkazib, barchasida mag‘lubiyat qayd etib kelmoqda.

Jizzaxda o‘tgan barcha uchrashuvlar natijalari
1992 yil "So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 1:0
1993 yil "So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 3:1
1994 yil "So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 2:1
1995 yil "So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 1:2
1996 yil "So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 1:4
1997 yil "So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 1:0
1998 yil "So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 3:1
1999 yil "So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 1:2
2000 yil "So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 1:1
2001 yil "So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 2:1
2002 yil "So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 3:1
2004 yil "So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 1:2
2005 yil "So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 1:0
2006 yil "So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 0:2
2008 yil "So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 2:1
2009 yil "So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 1:0
2011 yil "So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 3:2
2013 yil "So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 2:0
2014 yil "So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 5:4
2015 yil "So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 2:0
2016 yil "So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 2:1

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 17:20, 14.06.2017.
O'qildi: 2991 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.