Eron terma jamoasi yarimhimoyachisi Ashkon Dejoga «Volfsburg»ni tark etdi.
30 yoshli futbolchi «Bo‘rilar» tarkibida yarim yilda bor yo‘g‘i 2 o‘yinda maydonga tushdi. Natijada tomonlar shartnomani bekor qilish haqida kelishuvga erishdi.
Dejoga 2007-2012 yillarda ham «Volfsburg» tarkibida o‘ynagan edi.