16 – 30 iyun kunlari davomida Paolsha mamlakati yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatiga mezbonlik qiladi. E’tiborlisi mazkur chempionat qatnashchilari orasidagi Germaniya terma jamoasi safida Olmaliq shahrida tug‘ilgan Valdemar Anton ham bor. Futbolchi Germaniyaning «Hannover-96» klubi a’zosi hisoblanadi.
Valdemar Anton Germaniya U-21 terma jamoasi ustozi Shtefan Kuns tomonidan turnirdan oldingi tayyorgarlik jarayonida jamoaga chaqirilgandi. «Bayer» himoyachisi Jonatan Ta jarohat olib, safdan chiqqandan so‘ng murabbiy Valdemarni yakuniy tarkibga ham kiritildi.
Futbolchi 1996 yil 20 iyul kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida dunyoga kelgan. 2016 yilgacha uni Germaniyaning Engem shahrida tug‘ilgan deb hisoblashardi.
Ammo futbolchining o‘zi intervyularining birida bunga oydinlik kiritib, Olmaliqda tug‘ilganini ma’lum qildi. Uning ota-onasi o‘zbekistonlik bo‘lib, Germaniyaga ko‘chib ketishgan.
Valdemning so‘zlariga ko‘ra, uning bobosi va buvisi o‘zbek tilida gaplashadi. Ota-onasi va o‘zi esa ruscha. Ammo nemis tilini ham bilishadi.
Sputnik nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Valdemar «Hannover 96» klubi akademiyasida futbol bilan shug‘ullanishni boshlagan. Shu jamoaning yoshlar jamoalarida o‘ynab kelgan.
2016 yilda esa asosiy jamoadagi debyutini o‘tkazgan. O‘sha yili jamoa Bundesligadan tushib ketgandi va hozirda ikkinchi Bundesligada ishtirok etmoqda. 2016 sentyar oyidan boshlab Germaniyaning yoshlar terma jamoasiga jalb etib kelinayotgan futbolchi rasmiy uchrashuvlarda bir marta maydonga tushgan.
Yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati shu yilning 16 – 30 iyun kunlari Polsha mamlakatida bo‘lib o‘tadi. Turnirda 12ta terma jamoa qatnashadi. Yevro U-21 musobaqasida 1994 yilning 1 yanvar kuni yoki undan keyin tug‘ilgan futbolchilar qatnashashi belgilab qo‘yilgan.