Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Jasur Azimov: «Dinamo» to‘g‘ri taktika sabab «Neftchi»ni yutdi»

Jasur Azimov: «Dinamo» to‘g‘ri taktika sabab «Neftchi»ni yutdi»

Baho:
+ | -

Oliy liga 13-turidan o‘rin olgan «Neftchi» - «Dinamo» (2:3) uchrashuvida Samarqand jamoasining Farg‘onadan g‘alaba bilan qaytishiga Jasur Azimovning ham hissasi katta bo‘ldi. Dastlabki gol muallifi o‘yindan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Farg‘onada hech qaysi jamoaga oson bo‘lmasligini oldindan bilardik. Ayniqsa, aynan «Dinamo» bilan o‘yindan oldin «Neftchi»da Vadim Abramovning bosh murabbiyga aylanishi o‘yinga yanada yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishimiz kerakligini bildirardi. Shu bois murabbiylarimiz 9 iyun kuni Samarqandda o‘tgan «So‘g‘diyona» bilan bahsda aynan «Neftchi»ga qarshi jiddiy tayyorlashdi. Shu kuni qarshi hujum taktikasini sinovdan o‘tkazishgandi. Aynan ushbu tayyorgarlik evaziga Farg‘onada qarshi hujum taktikasida yaxshi o‘yin ko‘rsatib, g‘alabaga erishdik.

- «Dinamo» g‘alabasini ta’minlagan asosiy jihat nima bo‘ldi?

- O‘ylaymanki, murabbiylarimiz Abramov jamoasiga qarshi to‘g‘ri taktika tanlashgani yutug‘imizni ta’minladi. «Neftchi»ni o‘yin davomida to‘pga egalik qilib, «Barselona» uslubida, kichik paslar orqali o‘yin ko‘rsatishini bilardik. Shu bois, uchrashuv boshidan ularga o‘yin bermaslikka harakat qilib, kuchli pressing va qarshi hujumda to‘p surdik. O‘yin boshida gol urganimdan keyin, «Neftchi» hujumkorlikni yanada oshirdi. Natijada qarshi hujumlardan foydalanish imkoniyati vujudga kelib, Farg‘onadan g‘alaba bilan qaytdik. G‘alabasiz seriyamizga barham berganimizdan juda xursandmiz. Ammo, aytishim kerakki, «Neftchi» to‘pga egalik qilib, katta bosim o‘tkazdi. Oldinda bizni «Lokomotiv» bilan bahs kutib turibdi. Ushbu o‘yinda ham muxlislarimiz ishonchini oqlash uchun harakat qilamiz.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 12:38, 15.06.2017.
O'qildi: 3713 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.