Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Shohjahon Ergashev AQSHda ringga ko‘tariladi

Shohjahon Ergashev AQSHda ringga ko‘tariladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev faoliyatini Amerikada davom ettiradi. Ma’lumki, bokschimiz profyessional ringda 10 ta jang o‘tkazib 10 ta g‘alaba qayd etgan va barchasini nokaut bilan yakunlagan.

So‘nggi jangini Tojikistonlik Sunatullo Rahmatullayevni 50 soniyadayoq nokautga uchratgan Ergashev 14 iyun kuni O‘zbekistonga qaytib keldi. Shundan so‘ng, AQSHning “Shoutaym” media kompaniyasi o‘zbekistonlik bokschiga taklif bilan chiqqan. Endilikda Shohjahon Ergashev faoliyatini AQSHda davom ettiradi.

«4 avgust kuni AQSHda Abel Ramosga qarshi chempionlik jangida ringga ko‘tarilaman. Bu men uchun juda muhim jang. Ushbu jangda g‘alaba qozonib, Vatanimizga kamar bilan qaytishga harakat qilaman. Bundan keyin mashg‘ulotlarni ham AQSHda davom ettiraman» – dedi bokschi “UzReport TV” telekanaliga bergan intervyusida.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 11:24, 16.06.2017.
O'qildi: 4123 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик