«PSJ» yarimhimoyachisi Xavyer Pastore boshqa jamoaga ketmoqchimasligini aytdi.
«Men boshqa jamoaga ketishni istamayman, bu haqda rahbariyatga aytmaganman. Keyingi mavsumda ham «PSJ» tarkibida o‘ynayman. Bu yil jarohatim tufayli juda kam maydonga tushdim. Shu tufayli, yangi mavsumni intizorlik bilan kutmoqdaman» - dedi Pastore Tmw xabarida.
Avvalroq, Pastore bilan «Inter» va «Milan» qiziqayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.