"Barselona"ning sobiq prezidnenti Joan Laporta klubning sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga omad tiladi.
"Agar "Siti" uni qo‘llasa u muvaffaqqiyatga erishadi. U optimist, u g‘olb va qo‘rqmas. U berkinmaydi. Pep doim yaxshi ko‘ringan. U bk yerda birinecha kun bo‘ldi va biz suhbatlashishga ulgurdik. U ruhan bardam edi. U "Siti"dagi ishlaridan mamnun.
Pep o‘z maqsadiga erishadi. Agar "Siti"ning o‘tgan mavsumdagi o‘yinlarini tomosha qilsangiz, ularning to‘p bilan yaxshi muomala qilganlariga guvoh bo‘lasiz.
U aqlli va moslashuvchan. U yangi narsalarni o‘ylab topadi", - deydi Laporta.