Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

“Paxtakor” Yoshlar ligasida “Nasaf”ni yengdi

“Paxtakor” Yoshlar ligasida “Nasaf”ni yengdi

Baho:
+ | -

Yoshlar ligasining 14-turida «Paxtakor» - «Nasaf» o‘yini o‘tkazildi.

Uchrashuvni «Nasaf» yoshlari muvaffaqiyatsiz boshladi. Jamoa 5-daqiqadayoq o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yubordi. Mezbonlarning uchrashuvdagi birinchi golini B.Sa’dillayev kiritdi.

Bu goldan keyin mezbonlar ketma-ketma hujumlar uyushtirib, 18-daqiqada hisobni 2:0ga o‘zgartirishdi. Bu golga ham Sa’dillayev mualliflik qildi. O‘yinning 30-daqiqasiga kelib, hisob yirik ko‘rinishga o‘zgardi, “Paxtakor” jamoasi yoshlarining uchinchi golini SH. Mahmudhojiyev kiritdi. Birinchi bo‘lim ana shu hisobda yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limning 51-daqiqasida D.Ibrohimov o‘rniga maydonga tushgan Valeriy Akopov hisobni 4:0ga o‘zgartirdi. “Paxtakor” jamoasi murabbiylari birinchi bo‘limda harakat qilgan bir necha faol o‘yinchilar o‘rniga boshqa o‘yinchilarni maydonga tushirishdi. “Nasaf” yoshlari tarkibida ham bir necha o‘zgarishlar bo‘ldi. Shundan so‘ng, «Nasaf» yoshlari faol harakat qila boshladi. Uchrashuvning 68-daqiqasiga kelib, jamoa penalti tepish huquqini qo‘lga kiritdi.

11 metrlik jarima to‘pini Dilshod Xushbakov golga aylantirdi – 4:1. Oradan bir daqiqa o‘tib, mezbonlar ham penalti ishlab oldi. Bunda darvozabon “Paxtakor” o‘yinchisiga qo‘pollik ishlatdi deb topildi. Penaltini Oston O‘runov aniq bajarib, hisobni 5:1ga o‘zgartirdi.
O‘yinning 71-daqiqasida Alfayzi Ne’matov darvozani aniq inishonga olishda adashmadi – 5:2.

Oxirgi daqiqalarda «Nasaf» yoshlari bir necha vaziyatlardan foydalana olishmadi, aks holda o‘yinda durang natijaga erishish ham mumkin edi. 89-daqiqada yana bir penalti belgilandi va uni Dilshod Xushbakov aniq amalga oshirdi – 5:3.

Yoshlar ligasi 14-tur
18.06.2017. Qibray stadioni. 17:45da
“Paxtakor” (Toshkent) – “Nasaf” (Qarshi) 5:3 (3:0)
Gollar: Bexro‘z Sa’dillayev (5, 18), Shoxruh Mahmudhojiyev (30), Valeriy Akopov (51), Octon O‘runov (70 pen) - Dilshod Xushbakov (68 pen, 89 pen), Alfayzi Ne’matov (71).
Hakamlar: A. Lupashko, X. Bahodirov, N. Najmiddinov, D.Klepikov (barchasi Toshkentdan).
Nazoratchi: Farxod Abdullayev (Toshkent).
“Paxtakor”: 50.Umidjon Hamroyev, 4.Jasurjon Rahimov, 5.Jasurbek Ermamatov, 6.Roman Jo‘rayev, 7.Oston Urunov (23.Maxmudjon Qudratullayev 81), 10.Bexro‘z Sa’dillayev (s), 15.SHoxruh Mahmudhojiyev, 19.Doston Ibrohimov (8.Valeriy Akopov 45), 21.Jasur Yaxshiboyev (29.Ibrohim G‘anixonov 46), 22.Jasur Yaqubov (16.Ibrohim Turg‘unboyev 53), 34.Sarvar Sattarov (38.SHoxzamon Xayrullayev 62).
“Nasaf”: 44.Muzaffar Sharipov (s), 4.Jo‘rabek Mannonov, 5.SHerzod Nasrullayev (34.Navro‘zjon Saidov 34), 6.Sirojiddin Qo‘ziyev, 7.Akmaljon Olimov, 10.Jahongir Qurbonboyev, 15.G‘olib G‘aybullayev, 16.Dilshod Xushbakov, 28.Sardor Sadullayev, 33.SHoxrux Ne’matov (13.Muxriddin Zoirov 54), 45.Alfayzi Ne’matov.
Ogohlantirshlar: Doston Ibrohimov 38, Shoxzamon Xayrullayev 67 - Jo‘rabek Mannonov 13, Sardor Sa’dullayev 38, Shoxruh Ne’matov 38, Muzaffar Sharipov 69.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 22:35, 18.06.2017.
O'qildi: 3607 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.