Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Igor Sergeev: «Jahon Chempionatiga chiqish uchun maydonda o‘lishga ham tayyorman»

Igor Sergeev: «Jahon Chempionatiga chiqish uchun maydonda o‘lishga ham tayyorman»

Baho:
+-1 | -

«Paxtakor» va O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev JFL.uz internet-nashriga intervyu berdi. Sergeev intervyu davomida terma jamoadagi muvaffaqiyatsizliklari, muxlislarning e’tirozi va JCHga chiqish imkoniyatlariga to‘xtaldi.

– Nima uchun termada gol ura olmayapsiz, bunga qulay pozisiyada o‘ynamayotganiz sababmi?
– Bu boshqa darajadagi o‘yin. Qachon biz Filippin va shunga o‘xshash jamoalar bilan o‘ynaganimizda to‘liq ustunlik qilamiz. Bunday o‘yinlarda esa imkoniyat ko‘p bo‘lmaydi. Nafaqat menda, balki jamoaning boshqa o‘yinchilarida ham, chunki raqib jamoa yaxshi himoyalanadi. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, biz bir qancha gollarni standartlardan kiritganmiz. Himoyani yorib o‘tish esa juda qiyin. Ular jismonan ham baquvvat va ham bo‘y jihatdan ustunlikka ega. Agar menda 10ta imkoniyat bo‘lib, gol urolmaganimda aytardim – «Ha, men gol urolmayman». Ammo imkoniyatning o‘zi bo‘lmayapti-ku.

– Futbolda harakat qilmasang, raqib jamoa imkoniyat bermaydi-ku? (Eron – O‘zbekiston 2:0 misolida).
– Haqiqatan ham bu futbol va imkoniyat har doim bo‘ladi. Hozir hamma jamoa bunga tirishmoqda, biz ham bunga harakat qilamiz. Ha, qayerlardadir imkonsiz holda qolib, yutqazdik. Hozir hamma jamoa bir xil imkoniyatga ega, lekin hammasi o‘yin tartibiga qaraydi. Qaysi jamoa himoyani yaxshi ushlasa va imkoniyatlardan foydalana olsa, o‘sha jamoa g‘alaba qozonadi.

– Milliy terma jamoaning hujum chizig‘iga davogarlar ko‘p. Raqobatdoshlaringiz to‘g‘risida nima deya olasiz?
– Temurxo‘ja bilan yaxshi munosabatdaman. U yaxshi yigit. Agar mening joyimda uni ko‘rishni istashsa, nima ham derdim. Oldinda yoki chap qanotda o‘ynashimni men hal qilmayman, buni murabbiylar hal qiladi. Murabbiylar orqasida ham buni ko‘ra oladigan juda ko‘p odamlar o‘tiradi. Ba’zi paytlarda chap qanot yarim himoyasiga qo‘yishadi, menimcha hammasi to‘g‘ri o‘ylangan.

– Muxlislar sizni terma jamoaning hujum chizig‘ida ko‘rishni istashmayapti. Ularga qanday javob bera olasiz?
– «Termadan ket» deyishsa, kulgim keladi. Menga ishonib terma jamoaga chaqirishadi, bu men uchun sharaf, g‘alaba uchun hatto maydonda o‘lishga ham tayyor bo‘ladi futbolchi. Lekin vaziyatni tushunmaydigan ba’zi birovlar «Termadan ket» deydi. Tasavvur qiling, senga ishonib chaqirishsa, sen termaga kerak bo‘lsang, qanday qilib «Yo‘q, kechirasizlar, men o‘ynamayman», deb uyga borib, divanda yotasiz. Bu — sotqinlik.

– Terma jamoaning mashg‘ulotlaridan tashqari, o‘z ustingizda ishlaysizmi?
– Ha albatta, o‘z ustimda ishlayman, asosan individual mashg‘ulotlarimda darvozani aniq nishonga olish bo‘yicha mashqlar bilan ishlayman. Hamma aytadi darvoza burchagiga tep, darvoza burchagiga tep, deb, lekin aytish oson, uni bajarish qiyin. Men ham xohlayman gol urishni, albatta yutqazishni istamayman, axir men o‘zimga dushman bo‘lmasam kerak? Siz aytgandek, hammasi shunday oson bo‘lganida, men hozir «Real»da o‘ynayotgan bo‘lardim.

– Oxirgi savol. Jahon Chempionatiga chiqamizmi yo‘q-mi?
– Agar bu uchun o‘lish kerak bo‘lsa, man maydonda o‘lishgayam tayyorman. Xudo xohlasa, albatta chiqamiz.

Ma’mur Parmonov suhbatlashdi.

Manba: jfl.uz
Kiritildi: 17:38, 20.06.2017.
O'qildi: 14197 marta.
Fikrlar: 48 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.