Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

Oliy liga 14-tur. «Navbahor» so‘nggi daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Oliy liga 14-tur. «Navbahor» so‘nggi daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Baho:
+ | -

Oliy liganing 14-turida “Navbahor” o‘z maydonida “Olmaliq” klubini qabul qildi.

Birinchi bo‘limda jamoalar extiyotkorlik bilan harakat qilishdi. Shu kungacha ketma-ket besh o‘yindan buyon “quruq seriya”ni qayd etib kelgan “olmaliqliklar” bu safar ham himoyada ishonchli o‘yin ko‘rsatishdi. Aksincha, qatorasiga 6 o‘yindan buyon g‘alaba nimaligini bilmay kelayotgan “Navbahor” esa o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida ushbu noxush an’anaga barxam berish maqsadida katta kuch bilan oldinga o‘tdi.

Asosan xavfli vaziyatlarni tomonlar standart vaziyatlardan so‘ng tashkil qilishdi. Lekin har ikki jamoa darvozabonlari dastlabki bo‘limda gol bo‘lishiga yo‘l qo‘ymadi.
O‘yinda urilgan gollar ikkinchi bo‘limga to‘g‘ri keldi. 52-daqiqa mezbonlar hisobni ochishlari mumkin edi. Bu vaziyatda raqib himoyachisi Nemanya Yovanovichni o‘z jarima maydonida qoidani buzgan xolda to‘xtatib qolgandek taassurot uyg‘otdi. Lekin hakam Yovanovichni mug‘ombirlik qildi deb topdi va unga sariq kartochka ko‘rsatdi.

Shundan so‘ng Xurshid Xo‘jayev darvozasi oldida bosim kuchayib bordi. Oybek Qilichev, Aziz Turg‘unboyev va Dilshod Jabborovning urinishlari garchi xavfli tus olganiga qaramay, golga aylanmadi.

83-daqiqaga kelib, Aziz Turg‘unboyevning o‘ng qanotdan uzatgan to‘pini Nemanya Yovanovich boshi bilan “Olmaliq” darvozasiga joylab qo‘ydi - 1:0.

Mehmonlar esa safardan ochko bilan ortga qaytish ilinjida hujumkorlikni oshirishdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda ketma-ket ishlangan ikki burchak to‘pi Kumikov shogirdlariga foyda keltirdi.

Shavkat Mullajonovning jarima maydonimizda tepgan to‘pini darvozabonimiz ushlab qololmagach, Raxmatillo Berdimurodov bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi. Shu tariqa “Navbahor” so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

Oliy liga 14-tur
20 iyun. Namangan. “Markaziy” o‘yingoh.
“Navbahor” – “Olmaliq” - 1:1 (0:0)
Gollar: N. Yovanovich (83) – R. Berdimurodov (90+2).
“Navbahor”: 30. Asilbek Amanov, 7. Oybek Qilichev (3. Hasanboy Ergashev, 87), 9. Dilshod Jabborov, 17. Ilhom Boydedayev (95. Timur Tolipov, 61), 19. Mirzohid G‘ofurov, 20. Alisher Mirzayev (5. G‘iyos Komilov, 74), 21. A’zam Aliyev, 32. Jahongir Mehmonov, 44. Darko Stanoyevich, 77. Azizbek Turg‘unboyev, 84. Nemanya Yovanovich.
“Olmaliq”: 46. Xurshid Xo‘jayev, 2. Abduqaxxor Xojiakbarov (7. Alibobo Rahmatullayev, 86), 5. Dilshod Jo‘rayev, 10. Shoxnazar Norbekov, 17. Kamoliddin Murzoyev (8. Shota Grigalashvili, 86), 18. Shavkat Mullajonov, 19. Islom Inomov, 21. G‘ulom-Xaydar G‘ulomov (9. Zabixillo O‘rinboyev, 86), 55. Raxmatullo Berdimurodov, 88. Igor Yelich, 94. Xurshid Muxtorov.
Ogohlantirishlar: D. Jabborov (45), N. Yovanovich (52) - R. Berdimurodov (4), D. Jo‘rayev (6), G‘. Xaydarov (56), SH. Norbekov (70).

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 22:20, 20.06.2017.
O'qildi: 4079 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.