Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

“Futbol do‘stlik uchun” loyihasi ishtirokchilari O‘zbekistonning taniqli shaxslari bilan uchrashdi

“Futbol do‘stlik uchun” loyihasi ishtirokchilari O‘zbekistonning taniqli shaxslari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

FIFA va futbol bo‘yicha 2018 yilgi Jahon chempionatining rasmiy hamkori — “Gazprom” kompaniyasining “Futbol do‘stlik uchun” xalqaro bolalar loyihasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan “Lokomotiv” futbol klubi tarbiyalanuvchisi – darvozabon Ilyos Ahmedov hamda Mirobod tumanidagi 110-maktabning 5-sinf o‘quvchisi – yosh jurnalist Amir Sharipov mamlakatning taniqli shaxslari bilan uchrashdi.

Yosh darvozabon va yosh jurnalist O‘zbekiston rivojiga katta hissa qo‘shgan shaxslar, jumladan, xonanda va basakor Sevara Nazarxon, FIFA va OFK referisi Ravshan Ermatov, biznesmen,  Korzinka.uz supermarketlari tarmog‘i egasi Zafar Hoshimov hamda O‘zbekiston Respublikasi fanlar Akademiyasi akademigi, tarix fanlari doktori, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Edvard Rtveladze bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuvlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad – do‘stlik, tenglik, adolat, salomatlik, tinchlik, sadoqat, g‘alaba va an’ana kabi qadriyatlarni targ‘ib qilishdan iborat. Uchrashuv davomida loyiha ishtirokchilari qahramonlardan do‘stlik nimadan iborat ekani va uning sirlari haqida  tushuncha oldi. Har bir uchrashuv yakunida loyiha ishtirokchilariga omad tilab qolindi.

Yosh jurnalist Amir Sharipov FIFA va OFK referisi Ravshan Ermatov bilan uchrashuvdan keyin o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi:

“Bugun hayotimda juda muhim voqea yuz berdi! Men jahon darajasidagi yulduz, O‘zbekistonning mashhur hakami Ravshan Sayfiddinovich Ermatov bilan uchrashdim. Yosh jurnalist sifatida unga turli savollar bilan yuzlandim va u uchun do‘stlik nima anglatishini so‘radim. Uning so‘zlaridan shuni bildimki, Ravshan Ermatov do‘stlikni juda qarlaydi!”.

Yosh darvozabon Ilyos Ahmedov ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

“O‘zbekiston nomidan birinchi ishtirokchiga aylanganimdan mamnunman. Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga harakat qilaman. Mashhurlar bilan uchrashuv bizga yanada ko‘proq ishonch berdi. Men ham ular kabi taniqlik bo‘lishga harakat qilaman”.

Eslatib o‘tamiz, “Futbol do‘stlik uchun” loyihasi shu yilning 26 iyunidan 3 iyuliga qadar Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar loyiha doirasida Konfederasiyalar Kubogi–2017 final uchrashuviga tashrif buyuradi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 16:04, 21.06.2017.
O'qildi: 2913 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.