Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Sovremenniy» murabbiy (hajviya)

«Sovremenniy» murabbiy (hajviya)

Baho:
+ | -

— Nima, qo‘limdan kelmaydi? Be, menga aql o‘rgatma, tushundingmi?! Meni Eshqo‘zi deydilar. Tajribam yo‘q?! Agar bilsang, maktabda pizkilturadan dars berganman. O‘quvchilarim maktabda chempion bo‘lishgan, maylimi?! E, bor-e! Sen bilan gap talashib o‘tirgandan ko‘ra bratanning oldiga bir o‘tib kelganim yaxshi.

Shu Ochqo‘zi akam ja hotamtoyda. Nima so‘rasam, hech qo‘limni qaytarmaydi. Ha. Mana hozir boramanda zakonniy gaplashib qo‘yaman, hammasi hal. E, ana, o‘zlariyam kep qoldilar.

— Assalomu alaayyykuuum! Yaxshimiz, bola-chaqalar yaxshimi? O‘zingiz qalaysiz?

Tirjayishini qarang buni?! A endi mendek sovremenniy odam xushomad qilib turgandan keyin tirjayadi-da! Ammo-lekin salom berishniyam sayratvordim-da, cho‘zilganini qarang, cho‘zilganini. Buning zamirida-chi, kaaattta ma’no bor. Juda kaattttaaa. Shoshmang, bu bir nima deyapti, shekilli. Nima deysiz?! Boshqarishni bilamanmi?! Be nima deyapsiz? Boshqarish bo‘yicha chempionman, bratan, chempion. Ishonmasangiz, ana qishloqdoshlardan so‘rang. Men boshqargan qo‘ylar qishloqning oldi, har biri naq somon tiqilgan qopning o‘zginasi. Nima, pidbolchilarni boshqaraman?! Buyam nichevo, bratan, a tak, palsapasi bitta. Shu keragida o‘ngga, chapga boshqarib tursam bo‘ldi-da. Vapshe xavotirlanmang, hali ko‘rasiz, bu pidbolchilaringiz o‘yinniyam qiyvoradi. Ishonavering.

Xayriyat, ko‘ndi. Bu pidbolam maydonda o‘ynaladi, shekilli. Qo‘ylar ham maydonda boqiladi. Ana, bir xil ekan-ku! Bratan esa bular boshqa-boshqa narsalar deydi. Shu o‘t-o‘lanning o‘rnida koptokni tasavvur qilaveramiz-da. Bir-ikki marta televizorda ko‘rganday bo‘luvdim. Nichego, amallaymiz. Zato mansabdormiz. Bosh murabbiy Eshqo‘zi, qalay, jarangli eshitilyaptimi?! Ha endi bizam chakana odammasmiz! Salobatni qarang, salobatni. Murabbiy degani mana bundoq bo‘pti-da.

* * *

Bugun o‘yinchilar bilan tanishaman. Xo‘sh, bu qo‘ylar, e, pidbolchilar qanaqa ekan?! Bir ko‘raylik-chi?!

— Hormanglar endi, hoynahoy, bu tajribali murabbiy kim ekan deb o‘ylayapsizlar shekilli, a?! Men o‘sha Tupoyguzar qishlog‘ida dong‘i ketgan boshqaruvchiman. Xullas, boplab tanishvolsak-a! Hozir hammamiz choyxonaga boramiz. Kecha bir choyxonaga boruvdim, vey, oshni dahshat pishirarkan lekin. Keyin yuzta-yuzta olamiz. Zo‘r bo‘ladi. Nima, mashg‘ulot?! Qo‘ysang-chi, menga qara, senga zarilmi yugurib a?! Avval iqtisod, keyin siyosat, qorinni to‘ydir, qolgani bir gap bo‘lar!

Choyxonaning qara zo‘rligini. Ey, sigareting bormi?! Nima, chekmaysan? Vey, erkak kishi chekadi sigaretni! Nima, cheksang pidbol o‘ynolmaysan?! Nega?! Yugurolmaysan?! Kim aytdi yugur deb. E, seni qara-yu! Joyingda tur, bo‘ldi. Cheksam maylimi, deysanmi?! Albatta. Yo tepadagilar gapiradimi?! Unda, menga qara, kel, yaxshisi, bunday qilamiz. Sen mengayam berib tursang, chekishing mumkin! Zo‘rmi?

* * *

Uff, boshim qattiq og‘riyapti. Rosa olibmiz-da o‘ziyam. Xarajatiyam zo‘r ketdi lekin. Ha, endi, qo‘zilar zotidan bo‘lgandan keyin otamiz-da. Mana, Ochqo‘zi akam ham rosa sipqorardi. Bu xarajatini qanday oqlasam ekan? Topdim, mashg‘ulotlar uchun yangi to‘p oldik, deyman, tamom. Soat nechchi bo‘ldiykan?! Vo, to‘qqiz-ku! Mashg‘ulotga borishim kerak edi-ya. E, abetga yaqin boraman, hech narsa qilmaydi. Ungacha bollarning o‘zi pidbol o‘ynab turadi. Menga zarilmi ertalabdan?!

Ana abetam bo‘libdi. Endi borsam bo‘ladi. Xo‘sh, bollaga bir-ikki baqirib qo‘yishim kerak. Vey, bularning yugurishini qarang. O‘vv, landovur, shunaqayam lapashang bo‘lasanmi? Narmalniy o‘yna. Ishtirapniyam shunaqa tepadimi odam?! Sal qattiqroq tep! Nima, tepib ko‘rsatay?! Endi nima qilaman?! Ey, men senga tajriba quyonimanmi? Bu yoshdan o‘tganman, bildingmi? O‘zing tepib o‘rgan. Bir haftadan keyin musobaqa, narmalniy o‘ynashimiz kerak, tushunarlimi?!

Bu vaqt degani juda tez o‘tarkanmi?! Vo, stadionni qara? Rosa katta ekan lekin. Men qo‘y boqqan maydonam bunchalikmas-a! Shunday joyda pidbol o‘ynab, ahmoq bo‘lgan bular, undan ko‘ra qo‘y-qo‘zi boqmaysanmi?!

***

Ey, menga qara, bugun yutishimiz kerak, tushundingmi?! Buning ajablanib qarashini-chi?! Bo‘pti, davay, maydonga.

Ey, sen menga qara. Qo‘y boqqanimdachi sherigim ko‘pincha o‘rnimdan qo‘ylarni qaytarib kelardi. Sen esa pidbolda yordam berasan. Tushundingmi, men bunaqa past o‘yinlarni boshqarib o‘tirmayman. Tushundingmi?!

Uff, kun juda isib ketdi-da. IYE, shoshma, hisob… Voy-voy, bu lapashanglar gol o‘tkazib yuborishibdi-ku! A, hujumchi tushurish kerak. Shoshma, kimni tushursam ekan-a?! Xo‘sh?! Bularning qaysi biri ko‘zimga issiq ko‘rinarkin?! Ha, mana. Ey, sen, Mamaqo‘zi, bizning auradansan. Maydonga tush. Nima qilaman, deysanmi?! Gol urasan, hujumda o‘ynaysan! Nima, sen qanot himoyachisisan?! Nima degani u?! Mening ishim yo‘q, hujumda o‘ynaysan, tamom! Qaytganimizda otangga maqtanasan hujumda o‘ynadim deb. Ammo-lekin Eshqo‘zi amakim tushirdilar, deyishni unutma. Bo‘ptimi?! Davay?! Kimni chiqaraman?! Xo‘sh, shoshma-chi… Anavi bolaning turqi sal yoqmay turibdi. Ey, sen, chiq o‘yindan. Menga-chi, oldin nechta gol urganingning farqi yo‘q, tushundingmi?! Sen qo‘zilardanmassan, tamom! 

Davomi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:08, 21.06.2017.
O'qildi: 7469 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.