Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Boshdagi o‘ylar

Boshdagi o‘ylar

Baho:
+8 | -

...Kondisioner tagida, momiqqina kresloda oyog‘ini osiltirib, planshetini titkilab o‘tirardi. Ora-sirada miyig‘ida, istehzo bilan kulib qo‘yadi, ba’zan yoqimsiz ishshayadi, uzoq kerilgach, bejirim mo‘ylabini mehrla silab, yana internet oralaydi...

"Vey, qanaqa omi odamlar-a, bular", - deydi o‘ziga-o‘zi ensa qotirib. Petisiyamish, imzo to‘plasharmish. Hiq, qanaqa petisiya!? Hali hammangni bitta-bitta chaqirib, ketingga imzo qo‘yishmasami...Hiq.

Portalga yozganinichi bu axmoqlarni! Agar avom bo‘lishmasa, o‘sha ikki tiyinga qimmat shikoyat aylanib-o‘rgilib yana kaminaning qo‘ligi tushishini bilishardida... Hiq!

Yo‘q, kechirib qo‘yasizlar Sasha yoki Andryushani Xitoyga sotmaguncha tinchimayman! Balki, Eronga pullarman... Ha, mayli bir gap bo‘lar. Ammo, rosa sodda odamlar yashaydida, bizda. Hiq. Boshida hamkasblar, jurnalistlar, muxlislarni yig‘ib, birdam bo‘laylik, mening vertikal-gorizontal futbol falsafam hali butun Osiyoga mashhur bo‘ladi, desam laqqa ishonib o‘tirishibdiya. Hiiiiq.

Ammo, o‘zimda ham ayb bor. Sovunimga kir yuvadiganlarni haddan tashqari erkalatib yubordim. Bittasini qorni osilib, belidan pasti o‘ziga ko‘rinmaydigan bo‘lib qoldi, boshqasi g‘irt taxta, uchinchim esa aksincha, latta. Turgan joyida tizzasini qayirib o‘tiribdiya! Hoshimjonimga nima bo‘ldiki, keyingi vaqtlarda o‘zini quturgan itdek tutyapti?! Hiq. Bunaqada biznesim kasod bo‘ladi. Yangi sheriklar topishim kerak. Tezda. Balki yana Azimboyni o‘ynatarman "osnova"da...

Ufff, shu issiqda press klubga balo bormi? Mana boraman (bosh barmog‘ini qolgan to‘rttasi orasiga qisib ishora qiladi)! Undan ko‘ra, ana Rossiyaga ketaman. Musobaqa bahona eski tanishlar bilan ulfatchilik qilaman, rus saunasida sayrataman. Ha, endi u bu kim g‘ing desa, bo‘lajak raqibimizni o‘yinini kuzatishga keldim, deb qo‘yaman. Hiq. Olam guliston.

Xullas, paytavaquloqlar, dod deysizmi, voy deysizmi baribir avgustda ko‘rishamiz. Haligi hofiz nima derdi, "chidaysizda bu zahmatlar o‘tkinchidir..." Hih, hiiiiiq!"

PS: Yuqoridagi poyintar-soyintar o‘ylar kimning boshida g‘ujg‘on o‘ynayotganini sezgan bo‘lsangiz kerak.

Omon bo‘ling!

O‘tkir Qalamtebratar

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:23, 22.06.2017.
O'qildi: 8013 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик