Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

«Qo‘qon-1912» Yoshlar ligasida «Olmaliq»ni mag‘lub etdi

«Qo‘qon-1912» Yoshlar ligasida «Olmaliq»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Olmaliqda, Yoshlar ligasi 15-turida «Olmaliq» hamda «Qo‘qon-1912» jamoalarining o‘rinbosarlari o‘zaro kuch sinashdi.

Uchrashuvni jamoalar ehtiyotkorlik bilan boshlashdi. 13-daqiqada mezbonlarning jarimadan tepgan to‘pini himoyachilar qaytarishdi. Oradan biroz o‘tib, Andrey Sidorov qulay vaziyatga ega bo‘lgan edi. Uning zarbasi kuchsiz chiqdi.
22-daqiqada Abror Rahmonov uzoqdan ajoyib zarba yo‘lladi. Kuchli va aniq zarba. Darvozabon birinchi urinishda to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi. Takroriy urinishida ushlab oldi.
27-daqiqada Andrey Sidorov birga-bir vaziyatda gol urolmadi. Darvozabon epchillik qildi.
Tanaffusga jamoalar 0:0 hisobida chiqib ketishdi.
Ikkinchi taym boshida mezbonlar qulay vaziyatdan foydalana olishmadi. Raxmatullayev deyarli bo‘sh darvozaga to‘pni tepolmadi.
51-daqiqada "Olmaliq" gol urgan edi. Qanot hakami o‘yindan tashqari xolatni qayd etdi.
63-daqiqada avvaliga Sidorov so‘ngra Baratovning zarbalari ko‘ngildagidek chiqmadi. Himoyachilar halaqit qilishdi.
69-daqiqada Islomjon Abdullayev mehmonlarni goldan saqlab qoldi. U Raxmatullayevning yaqin masofadan yo‘llagan zarbasini qaytardi.
90-daqiqa o‘tib borayotgan pallada Avaz Mamatxo‘jayev baribir o‘z maqsadiga erishdi. U o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib borib, darvozaning uzoq burchagiga kuchli zarba yo‘llab hisobni ochdi va jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Yoshlar ligasi, 15-tur
«Olmaliq» – «Qo‘qon-1912» - 0:1 (0:0)
Gol: Mamatxo‘jayev (90)
Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov.
"Olmaliq": 99. Nizomiddin Ziyavutdinov , 3. Shaxzodbek Alaqulov, 4. Azizbek Suyunov, 6. Yaxyo Ro‘ziyev, 7. Dadaxon Yusupov, 8. Murod Rajabov, 9. Avazjon Raxmatullayev , 11. Shaxboz Umarov, 17. Mirjalol Miryusupov, 18. Jasurbek Umarov, 19. Quvondiq Mo‘minov.
«Qo‘qon-1912»: 30. Islom Abdullayev, 4. Doniyor To‘lashev, 6. Dilshod Baratov, 8. Baxtiyor Abdubannonov, 10. Abror Rahmonov, 11. Andrey Sidorov, 19. Doston Meliqo‘ziyev, 24. Ma’mur Rahimov, 25. Ismoil Oxunjonov, 28. Avazxon Mamatxo‘jayev, 29. Iqbol Malikjonov.
Zaxira: 12. Aziz Ashurov, 7. Ramzbek Isaqov, 15. Ibrohim Ahmadjonov, 22. Mo‘minjon Sodiqjonov. 33. Ibrohimjon Muxtorov, 70. Ibrohimjon Usmonov, 75. Sobir Hamidov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 19:48, 24.06.2017.
O'qildi: 3200 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.