Kirish Ro'yxatdan o'tish

Andrey Miklyayev: “Tarkib borasida muammolarimiz bor”. VIDEO

Andrey Miklyayev: “Tarkib borasida muammolarimiz bor”. VIDEO

Baho:
+ | -

“Bunyodkor” – “Lokomotiv” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “temiryo‘lchilar” ustozi ishtirok etdi.

- Birinchi bo‘limda ishonchli o‘yin ko‘rsatdik. Biroq nimagadir yigitlarimizda g‘alabaga bo‘lgan tashnalik yetishmadi. Tanaffusdan keyin “Bunyodkor”ning o‘yini kuchaydi, xavfli vaziyatlar sodir etdi va gol ham urdi. Yakunda esa ushbu gol yagona bo‘lib qoldi. Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman. Bizda tarkib borasida muammolar yuzaga kelgan. Bir nechta yetakchi o‘yinchilarimiz jarohatlanishgan. Keyingi uchrashuvda Muhammad Kone xizmatidan foydalana olmaymiz. Chunki u bugun to‘rtinchi sariq kartochkasini “ishlab” oldi. Bugun maydonga tushirgan bir nechta futbolchilarimiz ko‘ngildagidek o‘yin ko‘rsata olishmadi. Ertaga o‘yin videotasmasini ko‘rib chiqamiz va kerakli xulosalarni qabul qilamiz, - deydi Andrey Miklyayev.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 03:20, 26.06.2017.
O'qildi: 6024 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик