Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Beyl «PSJ»ga o‘tishni istamayapti

Beyl «PSJ»ga o‘tishni istamayapti

Baho:
+ | -

"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl yozda Angliya chempionatiga o‘tishi mumkin.

Diario Gol tarqatgan xabarga ko‘ra, "Real" prezidenti Florentino Peres 27 yoshli futbolchiga uni boshqa jamoaga transfer qilishni rejalashtirayotgani haqida ma’lumot bergan.

Ammo madridliklar uni "Pari Sen-Jermen"ga sotmoqchi bo‘layotgani Beylga yoqmayapti. Parijliklar uelslik futbolchi uchun eng ko‘p pul berishiga "qaymoqranglilar" ishonishmoqda.

Futbolchining o‘zi faoliyatini APLda davom ettirishni istamoqda. 2013 yilda Garet "Tottenxem"dan "Real"ga 85 mln funt evaziga o‘tgandi.

Avvalroq OAVda "Manchester Yunayted" Beylni qo‘lga kiritish uchun yuqori imkoniyatlarga ega ekani haqida ma’lumot tarqalgandi.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 08:35, 27.06.2017.
O'qildi: 6608 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик