«Lasio» yarimhimoyachisi Lukas Bilya «Milan» klubiga o‘tish uchun jiddiy bel bog‘lagan.
Football Italia xabariga ko‘ra, futbolchi «rossoneri» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgan. Endi esa «Lasio» rahbariyatidan «Milan»ga qo‘yib yuborishni so‘rayapti.
Rimliklar Bilya uchun 25 mln yevro so‘ramoqda, «Milan» esa 20 mln yevro berishga rozi.