Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Klaudio Bravo Portugaliya - Chili uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Klaudio Bravo Portugaliya - Chili uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Baho:
+ | -

Konfederasiyalar kubogi-2017 yarimfinali Portugaliya va Chili jamoalari o‘rtasida (0:0 penaltilar syeriyasi bo‘yicha 0:3) o‘tgan uchrashuvda chililik darvozabon e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Klaudio Bravo mazkur bahsda penaltilar syeriyasida ketma-ket 3ta zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi va Chili termasini finalga chiqishida asosiy rolni bajardi. U shuningdek, o‘yin davomida ham o‘z darvozasida ishonchli harakat qildi.

Shu tariqa, Konfederasiyalar kubogining tashkiliy qo‘mitasi posbonni uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deya e’lon qildi.

Bravo mazkur sovrinni qo‘lga kiritganidan so‘ng oavga bergan intervyusida bu qaytarilgan uchta penalti shunchaki tasodif emasligini aytib o‘tdi.

"Yo‘q, meni o‘ylashimcha bu shunchaki tasodif emas. Bunday natijalarga erishish uchun o‘z ustimda ancha mehnat qilganman. Biz mazkur raqibga qarshi har tomonlama tayyorgarlik ko‘rgan edik. To‘g‘ri ko‘pchilik jamoadoshlarim charchashgan. Lekin men bunga oldindan tayyorgarlik ko‘rgandim.

Uchrashuv davomida portugaliyaliklarda juda ko‘plab imkoniyatlar bo‘ldi. Lekin biz ham bu hujumlarga teng darajada javob bera oldik deb o‘ylayman. G‘alabamiz zamirida o‘zimizga bo‘lgan ishonch yotibti", - deydi Bravo.

Eslatib o‘tamiz, Chili termasi final bahsini 2 iyun sanasida Germaniya-Meksika o‘yini g‘olibiga qarshi o‘tkazadi.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 11:31, 29.06.2017.
O'qildi: 3199 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик