Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Futbol degani mana bunday bo‘ladi, o‘rganing, Babayan!

Futbol degani mana bunday bo‘ladi, o‘rganing, Babayan!

Baho:
+ | -

Esimda, Samvel Babayan terma jamoaga kelganida tarkib o‘zgargan, yosh futbolchilarga imkoniyat berilishi kamaygandi. Umuman, bizning futbolda yosh masalasiga haddan ortiq jiddiy e’tibor qaratiladi, biroq…

Kuni kecha Germaniya Meksika bilan o‘ynadi va 4:1 hisobida zafar quchdi. Vaholanki, mazkur o‘yinda aksariyat futbolchilar 20-25 yosh atrofida. Undan kattalarni deyarli ko‘rmaysiz. Masalan, raqib darvozasini ikki bor ishg‘ol etgan Leon Goreska 1995 yilda tug‘ilgan, ya’ni 22 yosh. Yana bir gol muallifi Yunus esa 25 ga kirgan. Umuman, Yoaxim Lyov yoshlardan yaxshi bir jamoa shakllantira oldi va Germaniyada bir vaqtning o‘zida ikki ajoyib tarkib shakllanishiga sabab bo‘ldi. Xo‘sh, bizdachi? Bizda shunday yosh futbolchilar yo‘qmi? Bor, hatto keragidan ortiq darajada. Terma jamoaning hozirgi tarkibida ham muxlislarning tinimsiz e’tirozlari sababmi yoki aqli sal ishlab qoldimi, murabbiylar shtabi yosh futbolchilarni ham tarkibga kiritdi. Lekin nega ular asosiy tarkibga kiritilmayapti? Butun dunyo yosh futbolchilarga e’tibor qaratayotgan bir paytda, Fransiya termasi yosh Mbappeni tarkibga jalb qilib, Benzemani chetlashtirgan, Italiya o‘zini ko‘rsatgan Bernarderskini tarkibga kiritgan bir paytda nega biz o‘zini ko‘rsatgan yosh futbolchilarga imkon qaratmaymiz? Nega terma jamoalar o‘yini qovushmayotgan yoki o‘ynay olmayotgan tajribali hujumchilaridan voz kechib turgan bir paytda biz o‘ynay olmaydigan va tajribadan asar ham bo‘lmagan futbolchilarga imkon beraveramiz? Nega endi zaxirada kuchli qurollarimiz bo‘la turib tuzukroq o‘q uza olmaydigan qurollardan foydalanaveramiz? Axir shuncha voqealar, o‘zgarishlar nahotki bizning mutasaddilarga ta’sir qilmayotgan bo‘lsa…

Kechagi o‘yinni ko‘rib, Samvel Babayanga shunday degimiz keldi: janob Babayan,

Davomi

Manba: mazmun.uz
Kiritildi: 10:35, 30.06.2017.
O'qildi: 17025 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик