Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Tennischi Vinus Uilyamsning ulovi bilan to‘qnashgan mashinadagi qariya vafot etdi

Tennischi Vinus Uilyamsning ulovi bilan to‘qnashgan mashinadagi qariya vafot etdi

Baho:
+ | -

Jahonning sobiq birinchi raketkasi Vinus Uilyams 78 yoshli qariya hayotdan ko‘z yumgan avtohalokat sababchisi bo‘lib qoldi, deb yozdi «Sports.ru». Voqea 9 iyun kuni Floridada ro‘y bergan bo‘lsa, oradan ikki hafta o‘tib qariyaning joni uzildi.

Vinus chorrahaga yaqinlashib qolganida yon tomonidan chiqib kelayotgan mashinani ko‘rib qoladi va darhol tormoz beradi. Shunga qaramay, ikki qariya joy olgan mashina baribir tennischining uloviga kelib uriladi.

Uilyams tezkor tormozga sabab sifatida oldindagi tirbandlikni ko‘rsatgan, ya’ni, bunda gaz berib, voqea joyidan biroz ilgarilab ketishga imkon bo‘lmagan. Guvohlardan biri esa Vinusning tormozni keragidan ko‘p va tez bosib yuborganini ochiqlagan.

78 yoshli Jerom Barson avtohalokat natijasida boshidan jarohat olib, kasalxonaga olib ketilgan. Unga hamrohlik qilayotgan ayoli esa jarohatlangan. Oradan ikki hafta o‘tib Jerom Barsonning joni uzildi.

Amerikada chop etiladigan TMZ nashri polisiyaning voqea joyidan yozilgan hisobotidan ko‘chirma olishga muvaffaq bo‘lgan. Bunda Vinus Uilyamsning qonidan hech qanday alkogol yoki narkotik moddalar topilmagani qayd etilgan. Shunday bo‘lsa-da, halokat aybdori sifatida aynan tennischi ko‘rsatilgan. Unga qanday jazo chorasi qo‘llanilishi borasida aniq axborot yo‘q.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 10:50, 30.06.2017.
O'qildi: 3456 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.