Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Lionel Messi va Antonella Rokkussoning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi

Lionel Messi va Antonella Rokkussoning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+1 | -

Argentinaning yirik shaharlaridan biri Rosariodagi hashamatli mehmonxonalardan birida jahon futboli yulduzi, "Barselona" hujumchisi, 30 yoshli Lionel Messining 29 yoshli Antonella Rokkusso bilan nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi. Rosario Lionel va Antonellaning ona shahri hisoblanadi. Ular yoshliklaridan bir-birlari bilan tanishlar va gaplarga qaraganda, ular orasidagi o‘zaro his-tuyg‘ular bolaliklaridayoq boshlangan.

13 yoshli Messi "Barsa"ning yoshlar jamoasi o‘yinchisiga aylangandan so‘ng, u Argentinani tarq etgan. "Barsa" Messining avvalgi klubi, Argentinaning "Nyuells Old Boyz" jamoasidan farqli tarzda, Lionelning bo‘y o‘sishdagi gormon yetishmasligi bilan bog‘liq davolanishini to‘lab berishga rozi bo‘lgan.

Bu orada Leo va Antonella bir-birlari bilan telefon orqali va maktublar yozib aloqa qilib turganlar. Kunlarning birida Rokkussoning yaqin do‘stlaridan biri yo‘l-transport hodisasiga tushib qolganda Messi uni qo‘llab-quvvatlash uchun Rosarioga kelgan. Ko‘p o‘tmay ikki yosh bir-birlari bilan uchrasha boshlashgan. Bu esa 7 yilcha avval yuz bergan.

Bu orada Leo va Antonella ikki farzand ko‘rishdi. Juftlikning hozirda 4 yoshli Tyago va bir yoshli Mateo ismli o‘g‘illari bor.

Nikohga 250 ga yaqin mehmon taklif qilindi, ular orasida yoshlarning qarindoshlari, yoshlikdagi do‘stlaridan tashqari, Leoning klubdoshlari – Neymar, Luis Suares, Xerard Pike rafiqasi – qo‘shiqchi Shakira bilan, Karles Puyol, Gonsalo Iguain va Serxio Aguero bo‘ldi. Messi mehmonlarga unga ham, rafiqasiga ham sovg‘alar bermay, buning o‘rniga uning bolalarga sog‘liqni saqlash, ta’lim va sport borasida yordam beruvchi xayriya jamg‘armasiga pul kiritishni taklif qildi.


Kelin ispan dizayneri, Yeva Longoriya va Ispaniya qirolichasi Letisiya uchun liboslar yaratgan Roza Klara tayyorlagan nikoh ko‘ylagida bo‘ldi. Takidlanishicha, kelin libosi to‘y o‘tgan mehmonxonaga ikki qo‘riqchi hamrohligida yetkazilgan.

To‘yni Urugvayning "Rombai" va "Marama" guruhlari, Serxio Agueroning rafiqasi Karina va Shakira qizdirishdi.

To‘ydagi xavfsizlikni ta’minlashga 350 ga yaqin polisiyachi, shuningdek to‘y o‘tgan mehmonxonani qo‘riqlash bilan shug‘ullanuvchi qo‘riqlash firmasi jalb qilindi.

Biz esa o‘z nomimizdan ushbu juftlikka oilaviy baxt tilab qolamiz.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 09:30, 01.07.2017.
O'qildi: 12857 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.