Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

“Neftchi”da o‘zgarishlar boshlandi

“Neftchi”da o‘zgarishlar boshlandi

Baho:
+ | -

Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi 7 iyulga qadar ta’tilga chiqdi.

Shundan so‘ng Qirgulida ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayoni boshlanadi va 16 iyulgacha futbolchilar Farg‘onada shug‘ullanadi. 17 iyul sanasidan boshlab yig‘in Toshkentda davom ettiriladi. Poytaxt yig‘inida 2 ta o‘rtoqlik uchrashuvi rejalashtirilgan. Vadim Abramov shogirdlari 18 iyul kuni “Qizilqum”ga qarshi bellashishsa, 21 iyulda tibbiy ko‘rikdan o‘tishgach, shu kuni “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng, jamoa 26 iyul kuni “Bunyodkor” bilan O‘zbekiston Kubogidagi javob o‘yinida qatnashadi.

Jamoaning birinchi davradagi qoniqarsiz natijalaridan so‘ng klub rahbariyati murabbiylar shtabida jiddiy o‘zgarishlarga qo‘l urdi. Andrey Fyodorov o‘rniga bosh murabbiylik lavozimiga Vadim Abramov taklif qilindi. Biroq Vadim Abramov murabbiylik davridagi natijalarda ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmadi. Murabbiy mazkur davr mobaynida asosan jamoa futbolchilarini ko‘zdan kechirdi va amaldagi tarkibdan bir qator futbolchilarning saviyasi bosh murabbiyni qoniqtirmadi. Mutaxassis bir oylik qisqa faoliyatidan shunday xulosaga keldiki, jamoa tarkibi islohotlarga muhtoj. Shu sababli davralar oralig‘ida har bir chiziqni kuchaytirish bo‘yicha seleksiya ishlari olib boriladi. Biroq ayni paytda ko‘plab yuqori saviyali va kuchli futbolchilarni o‘z klublari bilan amaldagi shartnomasi borligi tufayli, Vadim Karlenovich seleksiya jarayonini faol tarzda o‘tkazish imkoniyatiga ega emas. Lekin imkon darajasida tarkib yaxshi saviyali ijrochilar bilan shakllantirishga urg‘u beriladi.

Hozirga kelib jamoa o‘zining sobiq vakillari bo‘lmish Mansur Saidov, Otabek Haydarov va Samarqandning “Dinamo” jamoasida ijarada bo‘lgan Abdujamol Isroilovni ortga qaytardi. Shuningdek 5-6 nafar yangi futbolchilar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Mazkur muzokaralar Toshkent yig‘ini boshlangunga qadar hal bo‘lishi kutilmoqda. “Neftchi”ni birinchi davradan so‘ng bir qator futbolchilar tark etishdi. Otabek Isroilov, Ruslan Matniyazov, Nikita Pavlenko hamda Akrom Bahriddinov ikkinchi davrani boshqa jamoada davom ettirishadi. Tarkibda yana bir qator o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.

“Neftchi” PFKning ayni paytdagi eng asosiy maqsadi ikkinchi davrada jamoani turnir jadvalining yuqori pog‘onalaridan joy egallash va muxlislarni stadionga qaytarish sanaladi. Jamoaning ikkinchi davradagi natijalari Vadim Abramovning zimmasida bo‘ladi. Vadim Karlenovich uchun klub rahbariyati barcha sharoitlarni yaratib bergan va uni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 14:15, 03.07.2017.
O'qildi: 7294 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик