Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

FIFA prezidenti Infantino Alisher Usmonov samolyotidan foydalanganlikda ayblandi

FIFA prezidenti Infantino Alisher Usmonov samolyotidan foydalanganlikda ayblandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

FIFA prezidenti Janni Infantino o‘z vaqtida rossiyalik biznesmen Alisher Usmanovga tegishli bo‘lgan samolyotdan bir necha marta foydalangan.

Mail on Sunday nashrining yozishicha, Usmonovning Rossiya sporti bilan bog‘liq shaxs ekanini inobatga oladigan bo‘lsak, bu «manfaatlar to‘qnashuvi»ni keltirib chiqarishi mumkin.

FIFAning bir necha a’zolari Infantinoning bu harakatidan norozi bo‘lib, yozma ravishda tegishli qo‘mitaga shikoyat qilgan. Infantino shaxsiy samolyotda amalga oshiradigan parvozi haqida tashkilotni ogohlantirmagan. Bu esa FIFA qoidalarining buzilishidir.

Ammo FIFAning ahloq qo‘mitasi bu ayblovlar bo‘yicha aniq dalillarni topolmagan. Prokuror Robert Torresning gapiga ko‘ra, Infantino uchgan samolyot uning do‘sti Leon Semyonenkoga tegishli bo‘lib, u bu samolyotni ikki yil muqaddam Usmonovdan sotib olgan.

«Semyonenko va Usmonovning aloqalari u qadar yaqin emas. Bu hattoki, «manfaatlar to‘qnashuvi» sifatida o‘rganilishga ham arzimaydi», — deya qayd etib o‘tgan Torres.

«Samolyot 2014 yildan buyon menga tegishli. Men va oilam Janni Infantino bilan bir necha yillardan buyon do‘stmiz. Men unga Milan orqali Rimga uchishni taklif qildim, sababi o‘zim ham maxsus tadbirda ishtirok etish uchun uchib ketayotgandim. Keyin men Rimda qoldim, uni esa Jenevaga kuzatib qo‘ydim. Men bu vaziyatni tushuntirish uchun FIFA tergov qo‘mitasiga kamida ikki soat ko‘rsatma berdim», — degan Semyonenko.

Mazkur bayonotlarga qaramasdan, samolyot Infantino undan foydalangan vaqtda boshqa shaxs qo‘liga o‘tgan. Layner Kayman orollarida ro‘yxatga olingan bo‘lib, aslida unga kim egalik qilishi aniq emas. Bu haqdagi ma’lumotlar FIFAga jo‘natilganida, ish allaqachon yopilgani haqida javob kelgan. FIFA vakillaridan birining ta’kidlashicha, agar samolyot Usmonovga tegishli bo‘lgan taqdirda ham, Infantino bu haqda bilmagan va unga nisbatan hech qanday shubha bo‘lishi mumkin emas.

Manba: championat.com
Kiritildi: 19:58, 03.07.2017.
O'qildi: 10201 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.