Joriy mavsumda O‘zbekiston milliy chempionatida o‘ninchi marta ishtirok etayotgan "Olmaliq"ning birinchi davrada qayd etgan natijalarini qoniqarli deyish mumkin.
“Olmaliq” jamoasi rahbariyati va murabbiylar shtabida mavsum arafasida katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jamoaga rossiyalik mutaxassis Viktor Kumikov bosh murabbiy etib tayinlandi. Yangi mavsumga hozirlik 2016 yilning dekabridan boshlab yuborildi. Jamoa a’zolari dastlab Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazishdi. Keyingi ikki yig‘in Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tdi.
Jamoa murabbiylar shtabi bilan birgalikda ko‘pgina futbolchilar ham jamoani tark etishdi. Tarkib deyarli 90%ga yangilandi. “Olmaliq”ning xorijiy yig‘inlari rejalashtirilganidek o‘tdi. Bir ko‘rinishda jamoa mavsumga shay holatda edi. Afsuski, bu dastlabki turlarda o‘z natijasini bermadi. Dastlabki 4 turda 1 ochko jamg‘argan "Olmaliq" turnir jadvalida so‘nggi pog‘onani band etishi ko‘pchilikni hayron qoldirdi. 4-turda Toshkentda “Lokomotiv”dan yirik 0:5 hisobida yengilgan "Olmaliq" keyinchalik iroda namoyish eta olishdi. Joriy mavsumning dastlabki oyida qayd etilgan manfiy ko‘rsatkichlar o‘rnini tez orada ijobiy natijalar egallay boshladi.
Birinchi davra yakuniga ko‘ra "Olmaliq" 24 ochko jamg‘argan holda to‘rtinchi o‘rinni band etishgan. Bunga jamoa a’zolari hamjihatlikda va tinimsiz mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali erishishdi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. To‘g‘ri jamoa bu mavsumda raqib darvozasiga juda kam gol urmoqda. Biroq ular o‘z darvozalari daxlsizligi borasida ham yaxshi ko‘rsatkichga egalar. “Olmaliq” chempionatning oxirgi 11 o‘yinida o‘z darvozasidan 2ta to‘p olib chiqdi. Raqiblar darvozasi esa 10 marta ishg‘ol etildi.
Jamoaning shu kunga qadar mag‘lubiyatsi seriyasi 7 o‘yindan iborat edi. Hozirda bu ko‘rsatkich 11 o‘yinga yetdi. Umid qilamizki, ikkinchi davrada bu natija yanada yaxshilanadi. Shuningdek, “Olmaliq” joriy mavsumda o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yubormagan yagona jamoa bo‘lib turibdi. 7 o‘yinda 4 g‘alaba, 3 durang, to‘plar nisbati 6-0.
Jamoa sharafini o‘tkazilgan 15 uchrashuvda 20 futbolchi himoya qildi. Futbolchilarning umumiy statistikasi esa quyidagicha.
Oliy liga 2017. “Olmaliq” futbolchilari statistikasi
№ |
Futbolchi |
Amp. |
Tug‘ilgan |
O‘yin |
Daqiqa |
Gol |
SK |
QK |
55 |
Rahmatullo Berdimurodov |
Him. |
24.10.1987 |
15 |
1350 |
1 |
3 |
0 |
17 |
Kamoliddin Murzoyev |
Huj. |
17.02.1987 |
15 |
1210 |
2 |
3 |
0 |
2 |
Abduqahhor Hojiakbarov |
Him. |
18.07.1989 |
15 |
1287 |
0 |
2 |
0 |
19 |
Islom Inomov |
Him. |
30.05.1984 |
14 |
1260 |
1 |
5 |
0 |
88 |
Igor Yelich |
YA.him. |
28.12.1989 |
14 |
1260 |
2 |
4 |
0 |
18 |
Shavkat Mullajonov |
Him. |
18.01.1986 |
14 |
1260 |
1 |
1 |
1 |
5 |
Dilshod Jo‘rayev |
YA.him. |
21.04.1992 |
13 |
1169 |
1 |
4 |
0 |
90 |
Vladislav Kasminin |
Him. |
17.01.1990 |
13 |
1170 |
2 |
3 |
0 |
8 |
Shota Grigalashvili |
YA.him. |
21.06.1986 |
11 |
566 |
0 |
2 |
0 |
10 |
Shohnazar Norbekov |
YA.him. |
18.07.1994 |
11 |
571 |
0 |
2 |
0 |
9 |
Zabihillo O‘rinboyev |
Huj. |
30.03.1995 |
11 |
382 |
1 |
0 |
0 |
46 |
Xurshid Xodjayev |
Dar. |
14.02.1988 |
11 |
990 |
0 |
1 |
0 |
7 |
Alibobo Rahmatullayev |
YA.him. |
08.02.1991 |
10 |
206 |
0 |
0 |
0 |
15 |
Farhod Musabekov |
YA.him. |
03.01.1994 |
9 |
631 |
0 |
0 |
0 |
11 |
Viktor Klishin |
Huj. |
15.12.1982 |
7 |
45 |
0 |
0 |
0 |
21 |
G‘ulom-Haydar G‘ulomov |
YA.him. |
21.12.1990 |
6 |
391 |
0 |
1 |
0 |
77 |
Muhammad Isayev |
YA.him. |
01.09.1994 |
5 |
294 |
0 |
2 |
0 |
94 |
Xurshid Muxtorov |
Him. |
09.02.1994 |
5 |
390 |
0 |
0 |
0 |
45 |
Akbar To‘rayev |
Dar. |
27.08.1989 |
4 |
360 |
0 |
0 |
0 |
33 |
Doniyor Usmonov |
Huj. |
07.06.1994 |
4 |
58 |
0 |
0 |
0 |