Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 05:00 Argentina - Kanada

Mirabror Usmonov 70 yoshni qarshi oldi

Mirabror Usmonov 70 yoshni qarshi oldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasini 2013-2016 yillarda boshqargan Mirabror Usmonov qutlug‘ 70 yoshni qarshi oldi.

Mirabror Zufarovich faoliyati davomida bir qator ma’suliyatli vazifalarda xizmat qilib, boshqalar uchun ibrat va namuna bo‘lguvchi sharafli yo‘lni bosib o‘tdi.

Olimipiya qo‘mitasini uzoq vaqt boshqarmagan bo‘lsa-da, Mirabror Usmonov rahbarligida O‘zbekiston delegasiyasi Olimpiya o‘yinlaridagi o‘zining eng yaxshi natijasini qayd etdi.

Davlatimiz rahbariyati va shaxsan Prezidentimizning bevosita qo‘llab quvvatlashi natijasida, shuningdek, Mirabror Zufarovichning tashabbusi bilan o‘zbek sporti tarixida birinchi marta Olimpiya o‘yinlari lisenziyasini qo‘lga kiritgan sportchilar va ularni tarbiyalagan murabbiylarni moddiy jihatdan rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yildi.

Sportchi va murabbiylarga ko‘rsatilgan bunday g‘amxo‘rlik keyinchalik XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida o‘z mevasini berdi. O‘zbekiston delagasiyasi Rio-de-Janeyro mezbonlik qilgan Olimpiya o‘yinlarida 4 ta oltin, 2 ta kumush, 7 ta bronza, jami 13 ta medal bilan 207 mamlakat vakillari orasida 21-o‘rinni egalladi. Demak, aynan Mirabror Usmonov rahbarligida O‘zbekiston delegasiyasi Olimpiya o‘yinlaridagi samardorligini ham sifat, ham son jihatidan ikki marta yaxshilashga erishdi.

Mirabror Usmonovning xizmati hukumatimiz tomonidan ham munosib baholanib, u turli yillarda quyidagi orden va faxriy unvonlarga sazovor bo‘lgan:

“Mehnat Shuhrati” ordeni (1995 y.)

O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i (1997 y.)

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni (2007 y.)

“El-yurt hurmati” ordeni (2011 y.)

“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi” faxriy unvoni (2016 y.)

“Do‘stlik” ordeni (2017 y.)

Mirabror Zufarovich shuningdek, Xalqaro futbol federasiyalar Assosiasiyasining (FIFA) “Xizmatlari uchun” hamda Osiyo Olimpiya Kengashining “Oltin ordeni” bilan taqdirlangan.

Paytdan foydalanib, kamtarin inson, mehribon rahbar, o‘z kasbiga mehr qo‘ygan kuchli professional shaxs sifatida tanilgan Mirabror Zufarovich Usmonovni tabarruk 70 yoshi bilan muborakbod etamiz.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 18:20, 04.07.2017.
O'qildi: 3136 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.