Kirish Ro'yxatdan o'tish

Andrey Miklyayev: "Gol urish bobida omadimiz kelmadi"

Andrey Miklyayev: "Gol urish bobida omadimiz kelmadi"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi chorakfinalidan o‘rin olgan "Buxoro" - "Lokomotiv" (0:0) o‘yinidan so‘ng, mehmonlar ustozi Andrey Miklyayev o‘z fikrlarini aytdi.

"Bahs kubok o‘yinlariga xos tarzda o‘tdi, deya olaman. Biz raqibdan ko‘ra ko‘proq to‘p bilan muomala qildik. Lekin gol urish bobida omadimiz kelmadi.

Tarkibda yo‘qotishlar ko‘p ekanidan ko‘pchilikning xabari bor. Salamat Qutiboyev ham sekin-asta jarohatdan qutildi. U ilgari “Buxoro” tarkibida o‘ynagan. Uni biz deyarli jamoasiz qolgan paytida, ya’ni “Buxoro”dan ketganidan so‘ng tarkibga qo‘shib olgandik. U endilikda bizning futbolchi, biz hali undan ko‘p narsa kutyapmiz. Shu boisdan Salamatni hech qaysi klubga berib yuborish niyatida emasmiz", - dedi tajribali mutaxassis.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 21:28, 04.07.2017.
O'qildi: 4037 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик