Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

«Top-100» loyihasi doirasida Futbol-TV avgust oyi boshigacha o‘rtoqlik o‘yinlarini namoyish etadi

«Top-100» loyihasi doirasida Futbol-TV avgust oyi boshigacha o‘rtoqlik o‘yinlarini namoyish etadi

Baho:
+ | -

Futbol TV telekanali yoz mavsumida bo‘lib o‘tadigan eng sara o‘rtoqlik uchrashuvlarini jonli efirda namoyish qiladi.

Bu haqda UzReport telekanalining Instagram sahifasi ma’lumot berdi.

Yoz futbol uchrashuvlariga u qadar boy mavsum emas, deb yozilgan ma’lumotda. Yevropa milliy chempionatlarda tanaffus e’lon qilingan, ko‘p jamoalar ta’tilga chiqqan, rasmiy musobaqalar to‘xtagan. Shunga qaramay, Futbol-TV telekanali o‘zbekistonlik futbol muxlislari yoz mavsumida jonli translyasiyalardan bahra olishi uchun o‘ziga xos sovg‘a tayyorladi.

5 iyuldan boshlab telekanal Yevropaning top klublari ishtirokidagi o‘rtoqlik o‘yinlarini «Top-100» turkumi doirasida muxlislar e’tiboriga havola qiladi. Loyiha avgust oyi boshiga qadar davom etadi.

Bunda Futbol-TV telekanali «Monako», «Ayaks», «Olimpik Marsel», «Valensiya», «Vest Hem», «Lester», «Everton», «Uotford», «Vest Bromvich», «Kristal Pelas», «Atletiko», «PSV Eyndxoven», «Fenerbaxche», «Inter» Milan, «Fiorentina», «Borussiya Myonxengladbax», «Shalke», «Bayer» kabi jamoalar ishtirokidagi o‘yinlarni jonli efirda namoyish etadi.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 21:55, 05.07.2017.
O'qildi: 7665 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.