Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Tashqi ishlar vaziri onlayn efirda o‘zbek futboli haqidagi savollarga javob berdi

Tashqi ishlar vaziri onlayn efirda o‘zbek futboli haqidagi savollarga javob berdi

Baho:
+-1 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining so‘nggi xalqaro o‘yinlari natijalaridan ranjigan futbol muxlislari nomidan kelib tushgan murojaatlarga javob berdi.
 
“O‘zbek futboli tarixi bevosita o‘tgan asrdagi “Paxtakor” klubining shonli tarixi bilan bog‘liq. Xohlaymizmi-yo‘qmi, bu jamoa o‘zbek futbolini jahonga mashhur qila olgan. Hozir ham bunday imkoniyat bor. Barcha futbol muxlislari keyingi yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlashni istaydi. Jumladan, men ham. Shuning uchun hozir eng kerakli paytda futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlaylik, ularga sog‘lik tilab, qolgan barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonishi uchun duoda bo‘laylik” - dedi Komilov.
 
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralash guruhida 8 ta o‘yindan keyin 12 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. JCHga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olish uchun qolgan ikkita o‘yinda faqat g‘alaba qozonish kerak bo‘ladi.

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 22:16, 05.07.2017.
O'qildi: 9391 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик