Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

O‘zbekiston U-15 CAFA Cup 2017 turnirida Tojikistonni mag‘lub etdi

O‘zbekiston U-15 CAFA Cup 2017 turnirida Tojikistonni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Tojikiston poytaxti Dushanba shahrida Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi bayrog‘i ostida 15 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida CAFA CUP–2017 turniri davom etmoqda.

Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston o‘smirlar termasi 3-turda mezbonlar bilan bellashib, qiyin kechgan o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Har ikkala gol Bo‘ronbek Mirzasalimov hisobiga yozildi.
3 tur o‘yinlaridan so‘ng, hamyurtlarimiz 9 ochko jamg‘arib musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

«CAFA U-15 Boys Tournament 2017»
3-tur. 5 iyul. Hisor. «Markaziy» stadion.
Tojikiston U15 – O‘zbekiston U15 – 1:2
Gollar: Alisher Raximov (70) - Bo‘ronbek Mirzasalimov (60, 69)
O‘zbekiston: Sarvar Yo‘ldoshev, Abdumutal Rejabboyev, Bektemir Abdumannonov, Sultonbek Nekboyev, Javohir Abdualimov, Diyor Holmatov, Bo‘ronbek Mirzasalimov, Ikrom Erkinov, Alibek Davronov, Jaloliddin Sodiqov (Husayn Norchayev 16), Foziljon Primqulov (Saidumarxon Sodiqov 38)

U-15 CAFA CUP–2017
Tojikiston, Dushanba

3 iyul, dushanba
Qirg‘iziston U-15 – O‘zbekiston U-15 – 1:2
Afg‘oniston U-15 – Tojikiston U-15 — 3:1

4 iyul, seshanba
Qirg‘iziston U-15 – Afg‘oniston U-15 — 1:3
O‘zbekiston U-15 – Turkmaniston U-15 — 6:2

5 iyul, chorshanba
Turkmaniston U-15 – Qirg‘iziston U-15 – 3:0
Tojikiston U-15 – O‘zbekiston U-15 – 1:2

7 iyul, juma
18:00 Afg‘oniston U-15 – Turkmaniston U-15
21:00 Tojikiston U-15 – Qirg‘iziston U-15

8 iyul, shanba
18:00 O‘zbekiston U-15 – Afg‘oniston U-15
21:00 Turkmaniston U-15 – Tojikiston U-15

Izoh: Uchrashuv soatlari Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:51, 05.07.2017.
O'qildi: 6287 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик