Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Janubiy Koreya yangi bosh murabbiyi terma jamoani JCH-2018ga olib chiqishga va’da berdi

Janubiy Koreya yangi bosh murabbiyi terma jamoani JCH-2018ga olib chiqishga va’da berdi

Baho:
+ | -

Janubiy Koreya termasi yangi bosh murabbiyi Shin Te Yong milliy terma jamoani JCH-2018ga olib chiqishga va’da berdi.

"Terma jamoani qiyin vaqtda qabul qilib olganimni bilaman. Bu men uchun katta sharaf. Menga berilgan imkoniyat uchun Koreya futbol assosiasiyasi prezidenti, texnik qo‘mita vakillariga minnatdorchilik bildiraman. Terma jamoa ketma-ket to‘qqizinchi marta jahon chempionatida ishtirok etishi uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilishga tayyorman".

Janubiy Koreya "A" saralash guruhida 13 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, O‘zbekiston ulardan 1 ochko ortda qolmoqda. Koreyslar 31 avgust kuni o‘z maydonida Eronni qabul qilishsa, 5 sentyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston mehmoni bo‘lishadi. Shin Te Yong mazkur saralash bosqichi oxirigacha shartnoma imzoladi. Agar u terma jamoani JCHga olib chiqa olsa, u bilan shartnoma uzaytiriladi.

"Shartnoma muddati muhim ahamiyatga ega, ammo terma jamoaning jahon chempionatiga borishi yanada muhimroq. JCHga yo‘llanmasini qo‘lga kiritsak, Koreya futbol assosiasiyasi yaxshiroq shartnoma taklif qilsa kerak", - dedi murabbiy.

"Shtilike bilan o‘yin uslubimiz va xarakterlarimiz boshqacha. Shtilike terma jamoaga chaqirgan barcha futbolchilarning xizmatidan foydalanaman deb ayta olmayman. Men tanlaydigan futbolchilar Eron va O‘zbekistonni mag‘lub etishga yordam beradi, degan umiddaman".

Manba: yonhapnews.co.kr
Kiritildi: 10:43, 06.07.2017.
O'qildi: 9015 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик