Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Sud Messining qamoq jazosini jarimaga o‘zgartirdi

Sud Messining qamoq jazosini jarimaga o‘zgartirdi

Baho:
+1 | -

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi qamoq jazosidan qutulib qoldi.

Reuters xabariga ko‘ra, Ispaniya sudi Messining soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik ishi bo‘yicha chiqarilgan hukmni o‘zgartirdi va qamoq jazosi o‘rniga jarima belgiladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning iyul oyida Barselona sudi futbolchi va uning otasi Xorxe Messini 4,1 mln yevro miqdoridagi soliqni to‘lamaganlikda ayblagan va 21 oylik qamoq jazosiga mahkum qilgan edi.

Sudda Messi o‘zining moliyaviy ishlarini otasiga topshirib qo‘yganini va bu bilan hech qachon shug‘ullanmaganini aytgan edi. Hukm o‘qilganidan so‘ng, futbolchining advokatlari apellyasiya shikoyatini topshirishga qaror qildi.

Endi esa, Ispaniya sudi Messiga belgilangan qamoq jazosini o‘zgartirdi va uning har bir kuni uchun 400 yevro jarima joriy qildi. Natijada, futbolchi umumiy hisobda 252 ming yevro jarima bilan qutulib qoladigan bo‘ldi.

 

Manba: football.kulichki.net
Kiritildi: 18:02, 07.07.2017.
O'qildi: 4299 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.