Bilbaoning «Atletik» klubi a’zolari g‘ayriodatiy ishga qo‘l urdi.
Moyak saratoni xastaligiga chalingan jamoadoshi Yeray Alvaresni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, barcha futbolchilar boshini qirtishlashga qaror qildi. Ma’lumki, bu kasallikka chalinganlarda soch to‘kilish holati kuzatiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yil dekabr oyida Yerayning saratonga chalingani ma’lum bo‘lib, u jarrohlik stoliga yotgan edi. Iyun oyida esa futbolchining limfa to‘qimalarida shish paydo bo‘lgani aniqlandi. Shifokorlar unga yana ximioterapiya muolajasini amalga oshirish haqida ko‘rsatma berdi. Endi u uch oy davomida maydonga tusholmaydi.