Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

O‘zbekiston terma jamoasi boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini birinchi o‘rin bilan yakunladi

O‘zbekiston terma jamoasi boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini birinchi o‘rin bilan yakunladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Tailandda boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakuniga yetdi.

Final bahslariga 8 nafar bokschimiz yetib keldi. Hal qiluvchi bahslarda ularning besh nafari g‘alaba qozonib, Osiyo chempioni nomiga sazovor bo‘lishdi.

Samandar Holmurodov (-49 kg.), Farruh Ilhomov (-69 kg.), Rajabboy Atanazarov (-75 kg.), Profsor Rorimsha (-91 kg) va Lazizbek Mullojonov (+91 kg.) lar bugungi bellashuvlarda o‘z raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionligini tantana qilgan bo‘lsalar, Abdumalik Halakov (-52 kg.), Bilolbek Mirzarahimov (-64 kg.) va Timur Ergashev (-81 kg.) kumush medallar bilan cheklanishdi. Shuningdek -60 kg. vazn toifasida Saidjamshid Jafarov bronza medali bilan taqdirlandi.

Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 10 ta vazn toifasida ringga ko‘tarilgan bokschilarimizdan to‘qqiztasi sovrindorlar safidan joy olishdi va O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 23 ta mamlakat orasida faxrli birinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan mamlakat boks federasiyasi, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi va murabbiylar shtabini muborakbod etadi va bulajak nufuzli musobaqalarda ularga omad va zafarlar tilaydi.

 

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 20:56, 07.07.2017.
O'qildi: 8797 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик