Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Profsor Rorimsha - o‘zbekistonlik qoratanli bokschi aslida kim?

Profsor Rorimsha - o‘zbekistonlik qoratanli bokschi aslida kim?

Baho:
+2 | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Bangkokdagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Profsor Rorimsha hususida ijtimoiy tarmoqlarda turli mulohazalar bildirilmoqda.

Go‘yo, Rio Olimpiya o‘yinlarida Ozarbayjon terma jamoasi sharafini himoya qilgan kubalik Lorenso Sotomayor kabi, Rorimsha ham O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga legioner sifatida jalb etilgan degan fikrlar yangramoqda.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi sayti xabariga ko‘ra, aslida bunday emas. Birinchidan, sportning boks turida O‘zbekiston hech qanday legionerlar xizmatiga muhtoj emas, chunki boksda O‘zbekiston nafaqat Osiyoda, balki jahonda yetakchi mamlakatlardan sanaladi. Buni so‘nggi yillarda qayd etilayotgan natijalar misolida ham ko‘rishimiz mumkin. So‘nggi ikki yilni oladigan bo‘lsak Rio-2016 Olimpiya o‘yinlarida ham, Toshkentda bo‘lib o‘tgan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ham, bugun Tailandda yakuniga yetgan yoshlar o‘rtasidagi qit’a chempionatida ham O‘zbekiston umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni eggaladi.

Ikkinchidan, Profsor Rorimsha asli buxorolik Gulandom Raxmatova va AQSH fuqarosi Rorumesha Ibragim Suvedilarning farzandi bo‘lib O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi. 1999 yilning 24 yanvarida tug‘ilgan. Boksdagi birinchi ustozi Ulug‘bek Qilichev. Hozirda ham ushbu murabbiy qo‘l ostida Buxoroda shug‘ullanib kelmoqda. Bugungi g‘alabasiga qadar Profsor Rorimsha shuningdek, 2015 yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida oltin, xuddi shu yili Rossiyaning Sankt Peterburg shahri mezbonlik qilgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan. Endi o‘z shaxsiy kolleksiyasiga yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining oltin medalani ham qo‘shib qo‘ydi.

Biz yaqin kelajakda Profsordan endi milliy terma jamoa tarkibida, kattalar o‘rtasidagi nufuzli musobqalarda ham ana shunday muhim g‘alabalarni kutib qolamiz va ishonamizki u hali uzoq vakt davomida jahoning eng yirik sport arenalarida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qila oladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 21:14, 07.07.2017.
O'qildi: 19486 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик