Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Sardor Rashidov: «Man Siti»da sharoit qanday bo‘lsa, «Jazira»da ham shunday, chunki xo‘jayin bir

Sardor Rashidov: «Man Siti»da sharoit qanday bo‘lsa, «Jazira»da ham shunday, chunki xo‘jayin bir

Baho:
+ | -

Faoliyatini Amirliklarning «Al-Jazira» klubida davom ettirishga qaror qilgan va ikki yillik shartnomaga imzo chekkan Sardor Rashidov «Interfutbol» gazetasiga intervyu berdi.

Rashidovning oldida Qatar va Amirliklarning boshqa klublaridan ham takliflar bor bo‘lsa-da, futbolchi mamlakatning amaldagi chempioni safida o‘ynashni afzal bildi. Jurnalist Kamoliddin Alimovning birinchi savoli nega aynan «Al-Jazira» deb boshlandi.

«Shaxsan klub prezidenti va bosh murabbiy meni jamoa safida ko‘rishni istadi. Bu birinchi muhim omil bo‘ldi. «Al-Jazira»ning klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida qatnashishi bir to‘xtamga kelishimni osonlashtirdi. Salohiyatimni dunyoning grand klublariga qarshi o‘yinlarda sinab ko‘rish xohishi kuchlilik qildi. «Al-Jazira» mavsum yakuniga ko‘ra BAA chempioni ham bo‘lgandi. Hammasi bir bo‘lib, shu taklifni qabul qildim. Bundan xursandman» - dedi Sardor Rashidov.

Rashidov nima sababdan Qatarda qolishni istamagani borasida ham tushuntirish bergan. Shuningdek, u to‘p surgan «Al-Jaish» klubining «Lahviya» bilan qo‘shib yuborilishini tanqid ostiga olgan.

«Qatarda qolishni istamadim. Faoliyatimda burilish yasashni xohladim. Agar Yulduzlar ligasida qolganimda, hozirgi imkoniyatga ega bo‘lmasdim. O‘zimni boshqa chempionatda sinab ko‘rish istagi balandroq edi. Qatarning ikki yetakchi klubini birlashtirish g‘oyasi mamlakat futbol federasiyasidan chiqqani aniq. Menimcha bu unchalik to‘g‘ri qaror bo‘lmadi. Birlashishda ma’no ko‘rmayapman.

«Al-Jaish» Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etadigan klublardan biri edi. Federasiyaning qarori bilan chempionatdagi raqobatga ham ma’lum darajada putur yetadi. Axir «Jaish» chempionlik uchun kurashadigan 3—4 jamoa qatorida gavdalanayotgandi. Endi esa faqatgina «As-Sadd» va yangi tuzilgan jamoa qoldi. Xulosam shu — bu qaror Yulduzlar ligasida saviya pasayishiga olib keladi. Shu bois Qatarda qolish variantiga ijobiy qaramadim» - dedi Sardor Rashidov.

Avvalroq Sardor «Al-Ayn» yetakchisi, Osiyoning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi Umar Abdulrahmon ikki marta qo‘ng‘iroq qilib, jamoadosh bo‘lishni taklif qilgani borasida aytgandi. Shunga qaramay, o‘zbekistonlik futbolchi bu taklifni qanoatlantirmadi.

«Bilishimcha, Umar Abdulrahmon klub rahbarlariga meni xarid qilishni tavsiya etgan va ular nomzodimga qiziqib qarashgan. Lekin «Al-Ayn» kelasi mavsum Chempionlar ligasida qatnashmaydi. Klub BAA chempionatini bor-yo‘g‘i 4-o‘rinda yakunladi» - dedi Sardor Rashidov.

Futbolchining tan olib aytishicha, moliyaviy tomondan olib qaraganda «Al-Jazira»ning taklifi «Al-Jaish»nikidan yaxshiroq. Shu boisdan ham Rashidov yangi shartnomaga imzo chekishni ortiq paysalga solib o‘tirmagan.

Rashidov «Al-Jazira»da 10-raqamni qo‘lga kirita olmadi. Bu raqam Odil Ahmedovning «Anji»dagi jamoadoshi Mubarak Bussufaga tegishli. 14 iyul kuni Sardor «Al-Jazira» safiga yetib boradi. U bilan birgalikda klub mashg‘ulotlariga mashhur Lassana Diarra ham qo‘shiladi.

«Al-Jazira» bazasi masalasida qandaydir shubhaga o‘rin yo‘q. «Manchester Siti»da qanday sharoit yaratilgan bo‘lsa, «Jazira»da ham xuddi shunday. Chunki klub aynan «Manchester Siti» xo‘jayiniga tegishli» - dedi Sardor Rashidov.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi «Al-Jazira» bosh murabbiyi bilan gaplashib ulgurmagan. Har ikki tomon ta’tildan qaytishgach, Dubayda bu ish amalga oshadi. Shuningdek, Sardor Rashidovga Amirliklardan uy berilish masalasi ham ko‘rib chiqiladi.

Intervyu yakunida Rashidov Krishtianu Ronaldu «Real»dan ketmasligini istashi haqida aytib o‘tgan. Chunki portugaliyalik klubida qolsa, Jahon chempionatida unga qarshi o‘ynash uchun imkoniyat bo‘lishi mumkin.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:57, 09.07.2017.
O'qildi: 10791 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.