“Zenit” himoyachisi Luish Netu Ispaniyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Chunki “Valensiya” himoyachini yozgi transfer vaqtidayoq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
29 yoshli portugaliyalik futbolchi 5 million yevroga baholanmoqda.
Netu 2013 yilda “Zenit” a’zosiga aylangan va uning shartnomasi 2019 yilgacha amal qiladi. Unga, shuningdek, “Galatasaroy” ham qiziqmoqda.