Kirish Ro'yxatdan o'tish

Irismetov JCH–2026 oldidan O‘zbekiston terma jamoasining asosiy kamchiligini aytdi

Irismetov JCH–2026 oldidan O‘zbekiston terma jamoasining asosiy kamchiligini aytdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi Jafar Irismetov milliy jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaroning faoliyatiga baho berdi hamda bo‘lajak jahon chempionati oldidan jamoaning imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

— Sizningcha, Kannavaro hozircha terma jamoada yaxshi ishlayaptimi yoki hali o‘sish uchun imkoniyatlar bormi? Murabbiy O‘zbekistonning ambisiyalariga mos kelyaptimi?

— Har doim o‘sish kerak. Hamma Kannavaro eng yuqori darajaga chiqdi va endi hammasi joyida deb o‘ylashi mumkin. Ammo oldinda hali ko‘p ishlar turibdi. Fabio ishlayapti — uning yordamchilari O‘zbekiston chempionatining deyarli har bir o‘yinida qatnashmoqda. Umuman olganda, yaxshi ish olib borilyapti, lekin hozircha Kannavaroning o‘yin uslubi to‘liq ko‘zga tashlanayotgani yo‘q. Chunki ko‘plab natijalarga futbolchilarning individual mahorati evaziga erishilyapti.

So‘nggi o‘yinlar shuni ko‘rsatdiki, hozircha eng katta muammo himoya chizig‘ida. Jamoa himoyada ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ymoqda, masalan, Kanada bir necha bor gol urish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Biroq jahon chempionatidagi ilk uchrashuvgacha bu kamchiliklar bartaraf etiladi va jamoa yaxshi o‘yin namoyish etadi, deb umid qilamiz.

— O‘rtoqlik uchrashuvlariga qarab, O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida guruhdan chiqishga qodir, deb aytish mumkinmi? Jamoa Portugaliya bilan durang o‘ynashi yoki sensasiya qilib g‘alaba qozonishi mumkinmi?

— Albatta, hammasi mumkin. Agar jamoa to‘g‘ri o‘yin ko‘rsatsa, raqiblarga puxta tayyorlansa va ularning zaif tomonlaridan foydalana olsa, har qanday natijaga erishish mumkin. Jahon chempionatiga eng kuchli va munosib jamoalar keladi, — dedi Irismetov.

Eslatib o‘tamiz, Fabio Kannavaro 2025 yilning 6 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan va bu lavozimda Timur Kapadzeni almashtirgan edi. Kapadze rahbarligida jamoa o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatining final bosqichiga yo‘llanma olgan.

Jahon chempionati–2026da O‘zbekiston terma jamoasi K guruhida Portugaliya, Kolumbiya va Kongo Demokratik Respublikasi bilan kuch sinashadi. Jamoa 18 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi, 23 iyun kuni Portugaliya bilan bahs olib boradi va 27 iyun kuni Kongo DR terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 20:54, 09.06.2026.
O'qildi: 719 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик