Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

Ekspert O‘zbekiston terma jamoasi AQSHda tekshiruvdan o‘tkazilganiga ehtimoliy sabablarni aytdi

Ekspert O‘zbekiston terma jamoasi AQSHda tekshiruvdan o‘tkazilganiga ehtimoliy sabablarni aytdi

Baho:
+2 | -2

Rossiyalik ekspert Aleksandr Chumakov O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari va delegasiyasi Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan qat’iy tekshiruvdan o‘tkazilgani haqida fikr bildirdi.

«Ishonchim komilki, xavfsizlik xizmatlari buni standart tartib-taomil deb ataydi va aynan nima sababdan tekshiruv o‘tkazilganini hech qachon ochiqlamaydi. Hozircha jamoatchilikka futbolchilar tekshiruvdan o‘tkazilgan ikki holat ma’lum — O‘zbekiston va Senegal terma jamoalari. Boshqa jamoalar ham tekshirilgan bo‘lishi mumkin, ammo ular haqidagi videolar internetda tarqalmagan. Ehtimol, Yevropa terma jamoalari bunday tekshiruvlarga duch kelmayotgandir.

Bu, albatta, noxush holat. Biroq xavfsizlik xizmatlari faoliyatiga aralashib bo‘lmaydi. Bu voqea o‘zbekistonlik futbolchilarga ruhiy ta’sir qilmasligi kerak. AQSHda polisiya ehtiyot chorasini kuchaytirish maqsadida shunga o‘xshash qarorlar qabul qilishi tez-tez uchraydi. Buning yomon tomoni yo‘q, aksincha, ma’lum ma’noda ijobiy holat ham hisoblanadi.

Balkim, kimdir polisiyaga qo‘ng‘iroq qilib, ehtimoliy xavf haqida xabar bergandir. Yana bir ehtimol, polisiya bo‘lajak turnirning ahamiyatini to‘liq anglamagan va «har ehtimolga qarshi» tekshiruv o‘tkazishga qaror qilgandir. Har bir shtatning o‘ziga xos protokollari va qoidalari bor. Bu qoidalar turli mamlakatlar vakillariga nisbatan ham farq qilishi mumkin.

Umuman olganda, O‘zbekiston terma jamoasi va uning muxlislari bu holatga ortiqcha e’tibor qaratmasligi kerak. AQSHda g‘alati vaziyatlar tez-tez uchrab turadi va turnir davomida bunday holatlar yana ko‘payishi mumkin. Masalan, momaqaldiroq haqida ogohlantirish berilsa, yomg‘irning bir tomchisi ham yog‘magan taqdirda o‘yin 30 daqiqaga to‘xtatilishi mumkin. Bu jahon chempionati, shubhasiz, o‘ziga xos turnir bo‘ladi», — dedi Chumakov.

Avvalroq, Niderlandiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan Nyu-York shahrida O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari va rasmiy delegasiyasi AQSH xavfsizlik xizmatlari tomonidan kuchaytirilgan shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgani xabar qilingandi. Hodisa avtobusdan tushib, «Aykan Stedium» stadioniga kirish arafasida sodir bo‘lgan va futbol jamoatchiligida keng muhokamalarga sabab bo‘lgan.

Tekshiruv jarayonida har bir futbolchi alohida ajratilib, qo‘l metallodetektorlari yordamida ko‘rikdan o‘tkazilgan. Futbolchilarning shaxsiy buyumlari va ekipirovkalari K9 xizmat itlari yordamida tekshirilgan, o‘yinchilar sumkalarini ochishga majbur bo‘lgan. Shuningdek, xavfsizlik xizmati murabbiylar shtabi foydalanadigan taktik taxtalarni ham sinchiklab ko‘zdan kechirgan. Guvohlarning ta’kidlashicha, delegasiya a’zolarining mobil qurilmalari ham vaqtincha olib qo‘yilib, tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 20:43, 09.06.2026.
O'qildi: 4893 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик