Kirish Ro'yxatdan o'tish

“Real” “Barselona” rejalarini barbod qilishi mumkin

“Real” “Barselona” rejalarini barbod qilishi mumkin

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi “Atletiko” hujumchisi Xulian Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda Sky Sports Germany jurnalisti Patrik Berger o‘zining X (sobiq Twitter) tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilgan.

Manbaga ko‘ra, rahbariyat argentinalik futbolchining o‘yinlarini yuqori baholagan. O‘z navbatida, 150 million yevro miqdorida taklif tushsa, “Atletiko” ham ushbu transferga to‘sqinlik qilmasligini ma’lum qilingan. Hozircha tomonlar bu borada muzokara o‘tkazmagan, ammo yaqin kunlar ichida “Real” argentinalik forvard uchun taklif jo‘natishi mumkin.

Avvalroq 26 yoshli o‘yinchiga “Barselona”, “Pari Sen-Jermen” va “Arsenal” klublari ham xaridor bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Jurnalist Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar Alvares uchun 100 million yevro to‘lashga tayyor. Biroq “Atletiko” futbolchi uchun 120 million yevro so‘ramoqda. Shu bois futbolchining “ko‘k-anorranglilar” safiga o‘tish ehtimoli past.

Ma’lumot o‘rnida, Alvares yakuniga yetgan mavsum barcha turnirlar doirasida jami 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 20 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Uning matraschilar bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 100 million yevroga baholamoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:45, 09.06.2026.
O'qildi: 652 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик