«Galatasaroy» klubining gollandiyalik yarimhimoyachisi Uesli Sneyder hech qayerga ketmaydi.
33 yoshli futbolchining Facebook sahifasida yozgan xabariga ko‘ra, u yangi mavsumda ham Turkiya Superligasida ishtirok etadi.
Sneyder yaqin orada tibbiy ko‘rikdan o‘tib, mashg‘ulotlarni boshlaydi.