Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Nega «Real» transferlarga muhtoj emas?

Nega «Real» transferlarga muhtoj emas?

Baho:
+ | -

«Real» Madrid futbol klubining joriy tarkibi, Zidanning murabbiylik xususiyatlari va klubning istiqboli haqida.

Asosiysidan boshlaymiz. «Real»ning naq 20 futbolchisi o‘tgan mavsum davomida maydonda 1000 daqiqadan ko‘proq o‘ynashgan. 2500 daqiqaga yaqin to‘p surgan futbolchilar faqat Krishtianu Ronaldu va Toni Kroos. Chempionatda holdan toydiruvchi 3000 daqiqa davomida jamoada biror futbolchi maydonda o‘ynamagan. Bu esa nafaqat ajoyib, shuningdek, misli ko‘rilmagan ko‘rsatkich. Rotasiya fanati Luis Enrike ham «Barselona» o‘z yetakchilaridan ko‘proq foydalanishga majbur bo‘lgan. Raqamlar ayniqsa qisqa asosiy tarkib ishqibozlari Diyego Simeone va Antonio Kontening natijalari bilan solishtirilsa, yanada ko‘proq taassurot qoldiradi. «Atletiko»da Koke, Felipe Luis va Antuan Grizmann 3000 daqiqadan ko‘proq o‘ynagan. «Chelsi»da Aspilikueta chempionatda 3500 daqiqa mobaynida to‘p surgan. Bu esa Ronaldu barcha turnirlarda o‘ynagan daqiqalarga teng.

Rotasiya sabog‘i (ehtiyot bo‘ling, zerikarli raqamlar)

Xo‘sh, raqamlarga to‘la va zerikarli kirish qismi edi, u tugadi. Baxtimizga u tugadi. U shuning uchun ham zarur ediki, bizga bir tezisni isbotlab bermog‘i lozim edi: Zayniddin Zidan — rotasiya dahosi! Ta’kidlayman — bu Zidanning qanday murabbiy ekanligini uzil-kesil anglatuvchi xulosa emas. Gap faqat o‘yinchilar o‘rtasida vaqtni qanday taqsimlab, jamoani jipslashtirish haqida bormoqda. Luka Modrich va Karim Benzema Nachodan ham kamroq o‘ynagan mavsumda jamoa qo‘zg‘alon qilmasdan, bo‘linib ketmasdan, so‘nggi o‘yinning so‘nggi soniyasigacha birlikni saqlab qoldi. Yangi o‘yin qoidalari oldida Ronaldu ham bosh egdi (endi uni o‘yinda almashtirsa bo‘ladi), Kazemiro ham mutlaqo almashtirib bo‘lmas o‘yinchi unvonidan voz kechdi (uning chempionatda to‘liq o‘ynagan o‘yinlari 20 tadan kam)… Juda ko‘plab murabbiylar og‘zidan yangraydigan, «jamoaga hamma kerak, hamma o‘yinda vaqtga ega bo‘ladi», kabi siyqasi chiqqan gap — Zidanga kelganda haqiqat ham ekanligi oydinlashdi. Daho-da u!

To‘g‘ri, lekin u komfort sharoitlardagina daho. Masalan, Xames Rodriges va Alvaro Moratadek o‘yinchilar zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgan sharoitda. Maydonda Isko, yodda Beyl bilan.

«Real»ning kuchi zaxirada. Qizig‘i shundaki, sifatli o‘yinchlarning soni bir vaqtni o‘zida Rafa Benitesni sindirgan yuk bo‘lishi ham, Zidanni yuksaltiruvchi tramplin ham bo‘lishi mumkin ekan. Fransuz 19–20 kishidan iborat guruh bilan o‘zini komfort his qilishini ko‘rsatib berdi. Uning boshqaruvidagi «Real»ning boshlang‘ich 11talik tarkibi mavsumning har bir bo‘lagida sanab aytib berish oson edi. Jami mavsum bo‘yicha o‘sha «boshlang‘ich 11talik» shunchakimas, u shuvashib ketgan.

Qanday qilib «Real» yanada kuchliroq bo‘ldi?

«Real» o‘zining kuchsiz tarafini shunday berkita oldiki,

Davomi

Manba: mazmun.uz
Kiritildi: 15:05, 12.07.2017.
O'qildi: 16963 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.